O‘zbekistonda 2020 yildan beri qancha kishi ipoteka kreditini olgan?

O‘zbekistonda 2020 yildan beri qancha kishi ipoteka kreditini olgan?

O‘zbekistonda 2020 yil yanvar–sentyabr oylarida banklar tomonidan 50 627 nafar shaxsga ipoteka krediti berildi, deya xabar bermoqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib Spot.

Ma’lum qilinishicha, berilgan kreditlarning umumiy summasi 6,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 trillion so‘mga ko‘p hisoblanadi.

Eng katta o‘sish Toshkent (1,3 trillion so‘mga), Samarqand (128,6 milliard so‘mga) va Surxondaryo (92,8 milliard so‘mga) viloyatlarida kuzatilgan.

Jami 6,4 trillion so‘mning 69,4 foizi «Qishloq qurilish invest» va «O‘z shahar qurilish invest» tomonidan qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!