O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) jahon miqyosida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lib, volfram sanoatidagi eng nufuzli tashkilot – Xalqaro Volfram Sanoati Assosiasiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.
O‘zbekistonning ITIA a’zoligiga qabul qilinishi – bu mamlakatning volfram sanoatidagi salohiyati xalqaro miqyosda tan olinganining isbotidir. O‘zTMK ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan holda jahon volfram sanoatining barqaror ishtirokchisiga aylandi. Xalqaro volfram sanoati assosiasiyasining a’zosi bo‘lish O‘zTMK uchun bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik ma’lumotlar olish, yillik yirik xorijiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Assosiasiyaning asosiy maqsadi – volframning global ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi va iste’mol bozorlarini tahlil qilish, sohani raqamli va analitik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ilmiy yondashuvlar va barqaror yechimlarni ilgari surishdir. ITIA bugungi kunda Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniya va ilmiy markazlarini o‘z atrofiga birlashtirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Туркия суд тизими мустақил эканини айтаётганларнинг барчаси "ҳақиқатни била туриб, бошини қумга тиқиб, онгли равишда бу жиноятга шерик бўлмоқда," дея таъкидлади қамоққа олинган Истанбул мери Экрем Имомўғли.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.