O‘zbekiston va Rossiya: strategik sheriklik va itifoqchilikni yangi tendensiyalari

O‘zbekiston va Rossiya: strategik  sheriklik va itifoqchilikni yangi tendensiyalari

O‘zaro hamkorlik yangi yangi bosqichining yangi siyosiy tendensiyalari

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 30-yilligi arafasida turibdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam siyosiy huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda. Tizimiy yondashuv natijalari shuni ko‘rsatadiki Rossiya va O‘zbekiston munosobatlarida ikki bosqichi kuzatiladi. Bunday munosobatlarning birinchi bosqichi  ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning o‘rnatilishidan boshlanib  2016 yilgacha qamrab olsa keyingi yillar yangi bosqichni belgilab beradi.

Ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichida  davlatimizda, mintaqada, dunyoda  tizimli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimizning barcha jabhalarda keng miqiyosli islohotlar amalga oshirilmoqda, “yangi renesans” g‘oyasi shakllanmoqda. O‘z navbatida   O‘zbekistonning tashqi siyosatida va xalqaro munosobatlardagi ishtiroki jadallashib “tez o‘sib borayotgan mintaqaviy ma’suliyatli davlat” maqomiga, hamda o‘ziga xos o‘ringa va e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.  O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar  bir tomondan ijtimoiy yo‘naltirilganligi, ko‘lami, qamrovi, sur’ati bilan oldingilardan keskin farq qilsa ikkinchi tomondan xalqaro vaziyatning toboro  o‘zgarib borayotgan, ziddiyatli holatlarning kuchayishi, ayniqsa pandemiya tufayli jahon siyosatdagi ziddiyatlarning taranglashib,  chuqurlashib borayotgan yangi sharoitida yuz bermoqda oshirilmoqda. Uchunchi tomondan, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ichki va tashqi siyosat sohalarida amalga oshirilgan islohotlar jahonning yirik davlatlari Rossiya, AQSH, Xitoy davlatlarda ham jiddiy ijodiy e’tibor uyg‘otmoqda.

Bu borada O‘zbekistonning Rossiya bilan  o‘zaro hamkorligi muloqotlari faollashgani va rivojlanishining yangi bosqichga kirgani kuzatilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi strategiyek sherikchilik va ittifoqchilik munosobatlarida 2016 yildan boshlangan yangi tendensiyalar vujudga kelaganligi bilan farqlanmoqda. Bu tendensiyalarda  tizim tashkil qiluvchi sifatida oldinlari mavjud bo‘lmagan birinchidan,  ikki davlat  o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilikni bugungi holati va istiqbolini belgilab beruvchi davlat raxbarlarining   o‘zaro tashriflari ular o‘rtasidagi yuqori darajada strategik tafakkurga asoslangan turli shakldagi o‘zaro muloqatlar mazmuni va iqtisodiy madaniy sohalarda bo‘yicha muhokama etilayotgan masalalar va mintaqadagi tizimli muammolarga o‘ziga xos yondashuv va hal etish yo‘llari bo‘yicha samiylik, o‘zaro hurmat va ochiqlik tarixiy ahamiyat kasb etmoqda. Bular o‘z navbatida hamkorlikning yangi falsafasini, yangi strategiyasini belgilash bilan  bir vaqtda yangi tendensiyalarni vujudga kelishiga olib keldi. Bular quyidagilarda namoyon  bo‘lmoqda.

Birinchidan ikki davlat parlamentlari o‘rtasida yaloqalarning yo‘lga qo‘yilishi; yuksak texnologiyalarga  asoslangan qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi; Rossiya va O‘zbekistonda xududlararo barcha sohalarda o‘zaro aloqalarning shakllanib rivojlanib borishi;  oliy ta’lim sohada yangi shaklda,  formatda  hamkorlikning vujudga kelishi va rivojlanib borishi

Ikkinchidan va ikki mamlakat o‘rtasida  tuzulgan shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar va ularn  amalga  tadbiq etish bo‘yicha harakatlar mazmun mohiyati o‘zaro hamkorlikning rivojlanishining yangi o‘zgarishlarini  belgilab bermoqda.Uchunchidan o‘zaro hamkorlikning bugungi yangi bosqichi tarixiy, strategik va o‘zaro manfaatligi hamda muhim siyosiy voqeligi bilan ajralib turadi.To‘rtinchidan  o‘zaro manfaatli hamkorlikda iqtisodiy va madaniy gumanitar aloqalarning ustunligi o‘sib bormoqda. Beshinchidan  ikki davlat  o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni sura’ti, qamrovi natijalari va istiqbolli yo‘nalishlari Yevro osiyo mintaqasidagi halqaro munosobatlarning ijobiy rivojlanishiga katta ta’sir  ko‘rsatmoqda. Markaziy osiyo mintaqasi barqaro o‘sish va tinchlik  va xavfsizlikni ta’minlashda muhim axamiyatga  bo‘lmoqda.

Parlament  diplomatiyaning yo‘lga qo‘yilishi yangi yo‘nalish

2016  yildan boshlab  O‘zbekistonning tashqi siyosatida   parlament diplomatiyasi shakllanib tobora rivojlanib borishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda bu jarayonlar ortga qaytmas bo‘lib doimiy rivojlanib boruvchi tendensiyaga aylanmoqda. Bu borada Rossiya Federasiyasi federal majlisi, Davlat Dumasi bilan hamkorlik O‘zbekiston respublikasi Senati hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur jarayonda barcha darajada, xususan parlamentlar rahbarlarining o‘zaro tashrif va uchrashuvlarini tashkillashtirish muhim omil bo‘lmoqda. Buning natijasida Ikki davlat o‘rtasidagi munosobatlarning yangi yo‘nalishi parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarning shaklanishi  va uning tendensiyaga aylanishi kuzatilmoqda. Mustaqilning birinchi bosqichida  bu sohada aloqalar deyarli yo‘q edi. 2016 yildan keyin ahvol butunlay o‘zgardi. Parlamentlarning aloqalarning yangi bosqichga chiqishi ular tomonidan ko‘tarilgan va hal etib borilayotgan masalalarning turli  yo‘nalishlari, keng qamrovligi o‘zaro aloqalarning yangi bosqichga chiqishiga yangi impuls berdi. Jumladan, 2019 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Rossiya Federasiyasi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasining Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva Rossiya Federasiyasi Federal majlisi Federasiya kengashi Raisi V.Matviyenko bilan hamda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi va o‘zaro muloqatlar  olib bordi

Ushbu uchrashuvlarda   Birinchidan parlamentlararo munosabatlarning muhim jihatlari, o‘zaro aloqalarning bugungi holati va ularni rivojlantirish  masalalari har tomonlama muhokama etish  yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan ikki tomonlama munosobatlarda savdo - iqtisodiy, ilm - fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari  ko‘rib chiqildi. Bu borada ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumini o‘tkazishning ahamiyatiga alo muhimligiga urg‘u berildi. Uchunchidan, gender tenglikni ta’minlash masalalari, «Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari bilan muloqot» platformasi faoliyati ko‘rib chiqildi.  To‘rtinchidan, Bag‘rikenglik masalasida O‘zbekistonning boy tajribasini inobatga olgan holda Rossiya tomoni 2022 yil may oyida o‘tkaziladigan Dinlararo va millatlararo muloqot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etishga taklif qildi. Beshinchidan, yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hamda Rossiyadagi o‘zbekistonliklar  bilan uchrashuv davomida ko‘tarilgan ijtimoiy masalalarni Oliy Majlis Senati va Federal Majlis Federasiya kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya faoliyati doirasida hal etish muhokama etildi.Oltinchidan, Terrorizm, narkotrafik va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, xavfsizlikni mustahkamlash va raqamli suverenitetni ta’minlovchi qonunchilikni shakllantirish bo‘yicha  qonunlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal majlisi Federasiya kengashi o‘rtasida mehnat migrasiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Tomonlar parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdan, parlament diplomatiyasini faol targ‘ib qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Qonunchilik palatasidagi Konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayishi, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikasiya, madaniy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida ham fikr almashildi.

Yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish ob’eklari bo‘yicha hamkorlik

O‘zaro hamkorlikda iqtisodiy munosobatlar asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu sohasadagi xarakatlar izchil rivojlanib kelmoqda. Rossiya O‘zbekistonning  asoiy iqtisodiy, investisiyalar olib kirish  bo‘yicha Xitoydan keyingi ikkinchi davlat  bo‘lib qolmoqda. 2016 yildan keyin ushbu yo‘nalishda xozirgi kun talablari va istiqbol nuqtai nazaridan oldingilardan katta farq qiladigan yangi o‘zgarish kuzutilmoqda. Ya’ni iqtisodiy sherikchilikda innovasion mazmunga, yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘zaro hamkorlik dagi ishlab chiqarish korxonalarini, ob’ektlarini ishga tushurish salmoqmog‘i oshib bormoqda. Bu jarayon oldingi bosqichdagi rivojlanishdan keskin farq qiladi. Bular quyidagilarda kuzatilmoqda.

Birinchidan, Fikrimizning yaqqol misoli sifatida 2020 yilning dekabr oyida ishga tushgan mutloqa yangi eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlaydigan Toshkent metallurgiya zavodir. Bu ob’ekt to‘liq loyihaga chiqqanda ichki bozorning ehtiyojlari  to‘liq yopish bilan bir qatorda yiliga 90 million AQSh dollariga teng mahsulotni xorijga eksport qiladi. Bundan tashqari korxonanin ishga tushurilishi qurulish va turdosh sohalarni rivojlanishiga turtki berdi. Ijtimoiy  jihatdan boshqa turdosh korxonalar bilan hisoblaganda qo‘shimcha besh ming ish o‘rinlari yaratiladi.

   Ikkinchidan, Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan  Rossiyaning «LUKOYL» O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri bo‘lib qolmoqda, Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-G‘arbiy Hissordagi konlar o‘zlashtirilmoqda. “Gazprom” kompaniyasi “Shoxpaxta” gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish davom ettirilyapti.Telekommunikasiya sohasida “VimpelKom” kompaniyasining “Yunitel” MCHJ shu’ba kompaniyasi ning umumiy investisiyalari hajmi 1,15 milliard dollardan ziyod. Rossiyaning “Evrosement” xoldingi tarkibidagi “Ohangaronsement” OAJ tomonidan Toshkent viloyatida “quruq usul” bilan sement ishlab chiqariladigan yangi zavodni barpo etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ bazasida “Rostselmash” zavodi ishtirokida kombaynlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Gidroenergetika sohasida RF Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy ko‘magida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Darg‘om kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va To‘palang GESlarning modernizasiyasi shular jumlasidan.

Uchunchidan, Rossiyaning “Rosatom” davlat korxonasi  bilan Markaziy  Osiyoda birinchi marta atom elektrostansiyasi qurulishi boshlab yuborildi. Bunday yuqori darajadagi texnologik xususiyatga, xalqaro miqyosdagi iqtisodiy kompleksga O‘zbekistnonning asosiy partner sifatida tanlanishi avvolom bor katta ishonchi ko‘rsatadi ikkinchi tomondan  yuqori texnologiyalarni iqtisodiyotga qo‘llash orqali ishga tushurilishi mamlakatning hozirgi zamon talablari  asosida rivojlanayotganligini tasdiqlaydi. Gap shundaki, atom enegetikasi mamlakatimizning keyingi o‘n yilliklarda energoxavfsizligini oldindan ta’minlashga ega  bo‘ladi. Bunday yuqori texnologik Atom elektro stansiyasida elektr energegiya ishlab chiqarishda turli zaxarli gazlar ajralib chiqmaydi, atrof muhitga salbiy ta’sir etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari ushbu loyiha bo‘yicha sarflanadigan har bir dollor mahalliy ta’minlovchilarga 1.9 dollor foyda keltiradi 4.3 dollar mamlakat yalpi ichki ishlab chiqarishga va 1.4 dollor turli soliq tushumlari sifatida kiradi. Shuningdek tizim tashkil etuvchi sifatida ijtimoiy iqtisodiy hayotning qishloq  xo‘jaligi, medisina, qurulish,ta’lim va fan kabi sohalarini zamonaviy rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham ahamiyatli. Masalan  AESda har ish joyi qo‘yimcha qurulish, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi personal, olimlar va mutaxassislar kabi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Albatta  bu sohada faolit  yuritadiganlar  zamonaviy tabiiy fundamentlar fanlar fizika, matematika, ximiya, axborot texnologiyalari sohasidagi bilimga, tajribaga ega bo‘lishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda zamonaviy texnik va texnologik tafakkurga ega yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar shakllanadi. Bu borada ishlab boshlab  yuborilgan. 2019 yilda Toshkentda birinchi marta dunyoda va Rossiyada  katta mavqeaga ega bo‘lgan yuqorit texnologiyalar bilan ishlovchi mutaxassislar tayyorlovchi Moskva Fizika  milliy yadro tadqiqotlari Universitetining filiali ochildi. Shu holatning o‘zi iqtisodiyotga  butunlay yangi yo‘nalish boshlanganlini tasdiqlaydi. Eng asosiy ushbu loyiha bugungi kunda energetika sohasida jahonda shakllanayotgan umumiy tendensiyani ifodalaydi, iqtisodiyotning yuqori texnologiyaga asoslanishi jahon standartlari asosida rivojlanishiga yangi impuls beradi. Ushbu tendensiyalar mamlakatimizning keyingi rivojlanishiga muhim tizim tashkil  etuvchi sifatida iqtisodiyotning yangi bosqichga chiqishiga muhim strategik axamiyatga ega  bo‘ladi  va pirovardida aholining turmush darajasining oshishiga katta yordam beradi.

To‘rtinchidan, Ushbu yangi tendensiyaning ortgaqaytmasligini muhimligini va axamiyatini va muntazam  rivojlanib borayotganlini shu yilning 5-7 aprel kunlari Toshkentda  bo‘lib o‘tgan Xalqaro INNOPROM  xalqaro sanoat ko‘rgazmasi tasdiqladi. Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekistondan mingdan ortiq Rossiyadan 300 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi. Shuningdek tadbirda Armaniston, Belorussiya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Fransiya, Chexiya, Yaponiyadan vakillar ishtirok etishdi.

Asosiy e’tibor,  Rossiya va O‘zbekistonning xududlar  va sohalararo hamkorligiga va yuqori texnologiyalar asosida O‘zbekistonning gaztransport tizimini, raqamli ishlab chiqarish, mashinasozlik, neftgaz sohasini va sanoatni moliyalashtirish, energetika va boshqa muhim sohalarni modernizasiyalashga qaratildi. Rossiya tomoni yangi qo‘shma korxonalar orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalar olib kirishni (bugungi kunda 10milliard AQSh dollaridan oshgan) kuchaytirishni nazarda tutmoqda. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federasiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida sanoat kooperasiyasini yanada chuqurlashtirish va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan «Loyiha ofisi» faoliyatini muhokama qildi. Jumladan, ayni paytda 5,8 milliard dollarlik 104 loyiha amalga oshirish bosqichida ekanligi ta’kidlandi. Tadbir yakunlari bo‘yicha ishtirokchi-mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan investisiya va savdo shartnomalari tuzildi.

Xududlararo hamkorlik ikki tomonlama munosobatlarda yangi yo‘nalish

Ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim strategik ahamiyatga ega,  oldingi o‘zaro hamkorlik shakllaridan farq qiluvchi yangi tendensiya bu xududlararo aloqalarning shakllanishi va uning muntazam rivojlanib borishidir. Bu shakldagi hamkorlik o‘ziga xos unikal xususiyatga ega. Geografik jihatdan  qulaylik, boshqa xududlarda bir birini takrorlamaydagan imkoniyatlar, shart - sharoitlarni mavjudligi va ulardan unumli foydalanish o‘zaro o‘zaromanfaatli hamkorlikni yangi bosqichga chiqishiga katta turki  bo‘lmoqda. Bu yo‘nalishda, savdo iqtisodiy, investision madaniy - gumanitar sohalarda aloqalarni kuchaytirish va ularning yangi modelini yaratish bo‘yicha keng muloqat olib borilishi birinchi marta 2018 yilda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida xududlararo hamkorlikning  birinchi forumi  o‘tkazildi. Forumning axamiyati va yangiligi shundaki avvallari ikki davlat  o‘rtasidagi aloqalar asosan katta biznes strukturalari bilan amalga oshirilgan va kichik va o‘rta binesning imkoniyatlari  e’tiborga olinmagan. Bu yangi harakat o‘z navbatida yangi instrument sifatida vujudga keldi.  Ikki mamlakatning kichik va  o‘rta biznes vakillarini to‘g‘ridan  o‘zaro hamkorligini rivojlantirishning, biznes rejalarini ishlab chiqishlari va amalga oshirish uchun shartnomalarini tuzushlari uchun qulayliklar yaratdi. Bu jarayonga O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi iqtisodiy, madaniy -gumanitar diplomatiyani rivojlantirish  bo‘yicha diplomatlar Rossiyaning har bir  xududlarida ilgari ochilmagan yangi qirralarini aniqladilar, bunday imkoniyatlarni o‘rganishlari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlari amaliy  ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi forum natijalari bo‘yicha 3 milliard AKSH  dollari hajmida shartnomalar imzolangan. Xususan, 2017-2018 yillarda Rossiya mintaqalari rahbariyatlari darajasida, jumladan, Checheniston Respublikasi va Tatariston rahbarlari, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Ivanovsk va Orenburg viloyatlari gubernatorlari bilan 20 dan ortiq ikki tomonlama tashriflar amalga oshirildi. Oltoy o‘lkasi, Novosibirsk va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida delegasiyalar tashrif buyurdi. O‘z navbatida, joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining rahbarlari boshchiligidagi delegasiyalar Rossiyaning ko‘pgina hududlarida bo‘lib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bunday yangi tendensiya  doirasidagi o‘zgarishlar tobora  keng qamrovligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanligi bilan ham izohlanadi.

 Hozirgi kunda forumning ikkinchisini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari  jadal ketmoqda. Bo‘lajak forum doirasida ikki davlat o‘rtasida hududlararo bir qator investision kelishuvlar imzolanishi olib bormoqda. Rossiyaning yirik shaharlarida O‘zbekistonning viloyatlarini savdo uylari va ulgurji taqsimot markazlari, qo‘shma korxonalar faoliyat yuritishini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Mazkur forum doirasida qator eksport va import shartnomalari tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. E’tiborlisi, ularning aksariyati O‘zbekistondan eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga oid bitimlardir. 

Bugungi kunda mamlakatimizdagi xo‘jalik sub’ektlari bilan Rossiyaning 70 ortiq xudulari energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qishloq  xo‘jaligi sohalarida o‘zaro faol hamkorlikni olib bormoqdalar. Rossiyalik mutaxassislarning fikricha bular orasida 10 liderlikni Moskva, Santk Peturgburg, Chelyabinsk, Moskva, Sverdlovsk, Samara, Ivanova Belgorod, Vologda oblastlari hamda Tatariston respublikasi tashkil etmoqda. Birgina 2019 yilning noyabr oyida Sverdlovsk oblasti gubernatari Ye.Kuyvashevning Namangan viloyatiga tashrifi natijasida 106,7 million Aksh dollariga teng kontraktlar tuzulgan va uning 25,7 mln dollari investisiyalar sharnomalarni tashkil etadi. 2020 yilda Primorya va Omsk oblastining vakillari  Toshkentga kelishdi.

Bunday hamkorlikning yangi shaklidan ikki tomon ham  manfaatdor, bu borada ulkan salohiyat mavjud. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik  ushbu davlatlarning ko‘p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik hamkorligini har tomonlama mustahkamlanishiga va yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu holat o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshilayotgan islohotlarning samrali bo‘lishiga pirovarda mavjud iqtisodiy muammolarni yechishga va aholining yashash sifatini oshishiga olib kelishiga zamonaviy strategiya sifatida yordam beradi.

Oliy ta’lim sohasida aloqalar

Strategik  sherikchilik va ittifoqchiliknin kengayishi va mustahkamlanishi doirasidagi aloqalarda yana bir yangi tendensiya bu  2016 yildan boshlab ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida aloqalarning yangi bosqichi boshlanganligidir. Avvalari  bu sohada aloqalar deyarli to‘xtab qolgan edi.Taxlillar ko‘rsatishicha bu sohadagi hamkorlik o‘zaro manfaatli  bo‘lib, chuqurlashib kengayib bormoqda. Bular quyidagilarda  kuzatilmoqda.

Birinchidan, 2016 yilgacha mamlakatimizda Rossiyaning 4 oliy o‘quv yurti faoliyat  yuritgan bo‘lsa,bugungi kunda mamlakatimizda Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Shuni alohida aytish kerakki birinchi marta yirik salohiyatga ega  zamonaviy sohalar uchun mutaxasslar tayyorlaydigan Moskva davlat Universiteti ochilgan  bo‘lsa bugungi kunda MISIS, Moskva fizika injenerlik instituti, Moskva energetik instituti, Mendeleev nomidagi Rossiya ximiya texnologiya universiteti, Rossiya davlat filkultura , sport, yoshlar va turizm universitetining, Astraxan davlat texnik Universitetining filiallari faoliyat  yuritata boshladi. Shu yilning sentyabridan sankt Peturgburg Universitetining filiali faoliyat yurita boshlaydi. Bunday o‘zaro hamkorlik  Rossiya va O‘zbekiston oliy yurtlari bilan umumta’lim va tor mutaxassislik tayrlashning dasturlari amalga oshirish bo‘yicha yaqin o‘zaro faoliyat yo‘lga qo‘yildi. 2020 yilda onlayn formatda ikki davlat Rektorlarining mintaqalararo konferensiyasining o‘tkazilishi muhim voqea bo‘ldi. O‘z navbatida Rossiyada talim olayotgan talabalar soni  ortib bormoqda. Ularning soni 30 mingdan oshdi.

Ikkinchidan, 2019 yildan Rossiya federasiyasi oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallarini tashkil etish va tartibga slish bo‘yicha   hukumatlararo komissiyasining bitim kuchga kirdi. Shu yilning o‘zida O‘zbek Rossiya hukumatlararo komissiyaning majlisida  ikki davlatda talim, kvalifikasiya va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha bitim imzolandi.

Uchunchidan, Mamlakatimizning 34 oliy o‘quv yurtida Rossiyaningg 48 oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik sezilarni kengaydi. Hozirgi kunda ikki mamlakaning 70 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Shunday qilib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik va ittifoqchilik hamkorligi muntazam rivojlanib kengayib yanada mustahkamlanib bormoqda. O‘zaro hamkorlikning bugungi bosqichi 2016 yildan boshlanib yangi tendensiyalarni keltirib chiqardi

 Ikki davlat raxbarlari bilan muntazam olib borilayotgan oliy darajada muloqotlar  O‘zbekiston Prezidenti olib borayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarning shuningdek tashqi siyosatining Rossiyada yuqori baholayotganligini, ishonchli hamda ma’suliyatli strategik sherik va ittifoqchi sifatida qaralayotganligini ko‘rsatadi.

Shubhasiz, o‘zaro strategik  sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan hamkorlikning yangi davri SH.Miriziyovning prezidentlik davri bilan bog‘liq bo‘lmoqda. O‘zbekistonda 2016 yildan buyon amalga oshirilayotgan ochiq, amaliy va pragmatik tashqi siyosati  davlatlararo o‘zaro manfaatli aloqalar va munosobatlarni strategik sheriklik va ittifoqchilikni yangi darajasiga olib chiqishga chiqish va  rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni, mexanizmlarni, vositalarni  ochdi.

Shuningdek ikki   davlat o‘rtasida mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish hamda avval erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi impuls berdi. Ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjatlar keng qamrovli bo‘lib, ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy gumanitar sohalarini qamrab oladi va bugungi tez o‘zgaruvchan xalqaro sharoitda keng qamrovda hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar, shart sharoitlar yaratmoqda.

Sayfiddin Jo‘rayev, TDSHU professori, siyosiy fanlar doktori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati ma’lum bo‘ldi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 23 декабрда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Rossiyaliklar "Humo arena" bo‘yicha shikoyat qilishdi

22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси Умар Эшмуродов фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги хабар берди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

AQSh Ukrainaning Rossiya hujumini to‘xtata olmasligini e’lon qildi

Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.

G‘arb Rossiyaning Ukrainadagi g‘alaba yo‘lini e’lon qildi

Россия Украинада ғалаба қозониш йўлида, Европа тинчликни қўллаб-қувватлаши керак

AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘zining ikkita qiruvchisini xato sababli urib tushirdi

АҚШ Ҳарбий-денгиз кучларининг бошқариладиган ракета крейсери USS Gettysburg тунда иккита қирувчи самолётини ўққа тутди.

Ozarbayjon prezidenti MDH sammitini zudlik bilan tark etdi

Алиев Озарбайжон ҳукумати вакилларидан иборат делегация Ақтауга тезкор равишда бориши ҳақида топшириқ берган ва қурбон бўлганларнинг оила аъзоларига ҳамдардлик билдирган.

G‘arbiy Sohilda Isroil armiyasi qo‘mondonlari bo‘lgan zirhli mashina portlatib yuborildi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати маълум қилди.

Бу ҳақда Фаластин анклавининг Соғлиқни сақлаш вазирлиги баёнот берди.

Qozog‘istondagi aviahalokatda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида Embraer 190 ҳалокати 38 кишининг ҳаётига зомин бўлди.

Moskva Kishinyovga tahdid qildi

Кишинев томонидан Днестрбўйи электр стансиясини зўрлик билан босиб олиниши Европада оғир оқибатларга ва беқарорликка олиб келади.

AQSh G‘azodagi sulh, yordam haqida gapiradi, ammo Isroilning ochlik siyosatini e’tiborsiz qoldiradi

Байден Нетаняхуга Ғазода хоҳлаган ишини қилиши учун "бўш чек" берганга ўхшайди.

Sudandagi vabo epidemiyasi

Суданда вабо эпидемияси қурбонлари сони 1258 кишига етди.

Ukraina urushning yana bir qishini o‘tkazmoqda

Россиянинг Украина энергетика инфратузилмасига ҳужумлари шу йилнинг баҳоридан бошлаб кучайди.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

Давлатимиз раҳбари барча жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишларини тилади.

Paragvayda 57 tonna marixuana musodara qilindi

Бу ҳақда мамлакат президенти Сантьяго Пенья ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилган.

Isroil armiyasi Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar berdi

Бу ҳақда Исроил мудофаа кучлари матбуот хизмати маълум қилди.

Myunxenda qariyalar uyi yonib ketdi

Бу ҳақда Билд хабар бермоқда .

BMT: Dunyoda och odamlar soni ortib bormoqda

Бой давлатлар халқаро ташкилотларни молиялаштиришни қисқартирар экан, дунёда оч одамлар сони ортиб бормоқда.

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami salkam 1 milliard so‘mga sotildi

Авторақамлар онлайн аукционида сотувга қўйилган 01 888 BBB авторақами 965 миллион 250 минг сўмга сотилди.

Jahondagi eng yirik avtomobil yetkazib beruvchisi ma’lum qilindi

Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.

Ukraina Rossiyaning birinchi 1 mlrd dollarini oldi

Бу АҚШ G7 ташаббуси доирасида Россия активларидан фойдаланиш орқали ажратишга тайёр бўлган режалаштирилган 20 миллиард долларнинг биринчи траншидир.

Rossiya va Xitoy mudofaa xarajatlarini 50 foizga oshirdi – biz esa changda qolib ketibmiz — Daily Express

Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.

Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Россия Федерациясининг Татаристон бўйича Фавқулодда вазиятлар вазирлиги маълумотлаига кўра, жорий йил 24 декабрь эрталаб соат 3:00 ларда Татаристон Республикасида Елабуга муниципал туманида жойлашган «МИР» чорвачилик фермасининг иншоотида ёнғин содир бўлган.

Abduqodir Husanov — 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yaxshi markaziy himoyachi

Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) турли позицияларда ўйновчи 21 ёшгача футболчилар орасида тадқиқот ўтказиб, энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди.

BMT Isroilni Livandan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

Бу ҳақда ташкилотнинг расмий Телеграм- каналидаги инглиз ва араб тилларидаги нашрда айтилган.

Xitoyda olomonga borib urilgan haydovchi o‘limga hukm qilindi

Бу ҳақда Синхуа агентлиги хабар бермоқда .

Netanyaxu Yamanda hutiylarga hujum qilishni buyurdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди .