O‘zbekiston va Rossiya metrologiya sohasida kelishuv imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya metrologiya sohasida kelishuv imzoladi

Uchrashuv yakunida ikki muassasa vakillari — Rosstandart va O‘zbekiston Standartlash agentligi orasida 2018 yilda ilmiy-texnik sohada hamkorlik qilish haqida shartnoma imzoladi.

«Rossiya va O‘zbekistonning ushbu sohada hamkorlik yo‘nalishlari va hamkorlik an’analarini saqlab qolish hamda soha kelajagi uchun javobgarligi bor. Bizning mamlakatlar ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega, jumladan davlatlararo shartnomalar asosida ham», — dedi Rosstandart rahbari Aleksey Abramov.

Shuningdek, Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislar o‘lchov birliklari umumiyligi, etalon asbob-uskunalar yetkazib berish va ushbu sohada ikki tomonlama normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish borasida kelishib oldi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!