O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi banklariga murojaat qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi banklariga murojaat qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi banklariga Qizilo‘rda - Uchquduq temir yo‘li uchun kredit so‘rab murojaat qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston transport vazirliklari Qizilo‘rda – Uchquduq temir yo‘li qurilishi loyihasini tayyorlamoqda, deb yozadi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Ikki mamlakat transport departamentlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa investisiya banki bilan bog‘lanib, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini yaratish uchun moliyalashtirishni so‘ragan.

O‘zbekiston Transport vazirligi qancha pul va qanday shartlarda olinishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!