O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilishlariga oid bayonnoma kuchga kirdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilishlariga oid bayonnoma kuchga kirdi

Unga ko‘ra O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari mamlakat hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik 1997 yil 18 iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida bayonnoma kuchga kirganligini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida imzolanib, 2024 yil 15 yanvarda kuchga kirdi.

Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!