O‘zbekiston Tokioda karate bo‘yicha 3-Ochiq jahon chempionatida 2-o‘rinni egalladi
Shu yilning 3-4 avgust kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi Yoyogi Olimpiya stadionida Kosiki karate bo‘yicha III ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar karate-do federasiyasi bosh instruktori Rustam Bekpo‘latovich Bekmuratov va federasiya katta murabbiyi Bosit Bekpo‘latovich Bekmuratov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasini Toshkent shahridan 41 nafar sportchilar O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi.
Turnirda AQSH, Kanada,Rossiya, Fransiya, Avstraliya, Bangladesh, Hindiston, Gonkong, Belarus va boshqa 15 davlatdan 1000 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida rasman 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi sportning ushbu turi asoschilari – yaponiyaliklarga o‘z kuchini ko‘rsatib, yuqori darajadagi tayyorgarlik va ishtiyoqni namoyish etdi.
O‘zbekistonlik karatechilarning kumite bo‘yicha qo‘lga kiritgan medallari:
— Kan Artur (kumite, 8-9 yosh, -25kg) 1-o‘rin
— Kvon Kirill (kumite, 8-9 yosh, -25 kg) 2-o‘rin
— Mahmudov Kamronshoh (kumite, 8-9 yosh, mutlaq vazn) 2-o‘rin
— Chaykina Mariya 1 (kumite, 10-11 yosh, -30 kg) 1-o‘rin
— Mirzaahmedova Amina (kumite, 10-11 yosh, -30 kg) 3-o‘rin
— Shokirov Ayub (kumite, 10-11 yosh, -35kg) 3-o‘rin
— Ugay Yevgeniy (kumite, 10-11 yosh, mutlaq vazn) 3-o‘rin
— Arslonov Amirbek (kumite, 12-13 yosh, -45 kg) 3-o‘rin
— Ubaydullayeva Nozimabonu (kumite, 12-13 yosh, -45kg) 1-o‘rin
— Valijonov Shoxrux (kumite, 14-15 yosh, mutlaq vazn) 3-o‘rin
— Timur Xolmurodov (kumite, 14-15 yosh, -60 kg) 1-o‘rin
— Timur Talasov (kumite, 14-15 yosh, -55kg) 3-o‘rin
— Rahimov Murod (kumite, 16-17 yosh, -65kg) 2-o‘rin
— Riskidinov Diyerbek (kumite 16-17 yosh, mutlaq vazn) 1-o‘rin
— Karimov Samik (kumite, 18-39 yosh, -95kg) 2-o‘rin
— Mirzaahmedov Mirjamol (kumite, 18-39 yosh, -95kg) 1-o‘rin
— Riskidinov Ramazon (kumite, 18-39 yosh, -85kg) 1-o‘rin
— Xurramov Hasan (kumite, 18-39 yosh, -75kg) 3-o‘rin
— Mirzoqulov Shamsiddin (kumite, 18-39 yosh, -75kg) 3-o‘rin
— Kseniya Xvostikova (kumite, 18-39 yosh, -65 kg) 3-o‘rin
— Nuriyeva Gavxar (kumite, 18-39 yosh, -60kg) 2-o‘rin
— Bekmuratov Rustam (kumite, 40-49 yosh, -75kg) 1-o‘rin
— Novikov Nikolay (kumite, 18-39 yosh, mutlaq vazn) 1-o‘rin
— Natalya Lim (kumite, 40 yosh, -60 kg) 1-o‘rin
O‘zbekistonlik karatechilarning jamoaviy kumite bo‘yicha qo‘lga kiritgan medallari:
— O‘zbekiston terma jamoasi: Rahimov Murod, Haydarov Alisher, Abdug‘aniyev Saidqosimbek (12-13,14-15,16-17 yosh) 1-o‘rin
«Kata» toifasida:
— Seydametov Saidahmad (18+) 3 o‘rin
— Rahimov Murod (16-17 yosh) 3-o‘rin
— Yusupova Zarina (18+ ) 3-o‘rin
Barcha sportchilarimizni g‘alaba bilan tabriklab, doim yurtimiz sharafini ko‘kka ko‘tarib yurishlarini tilab qolamiz.



