O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi 2019 yili minalardan tozalanganligi nimani anglatadi?

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi 2019 yili minalardan tozalanganligi nimani anglatadi?

Kuni kecha O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Tojikiston bilan munosabatlar va chegara masalasiga to‘xtaldi.

«Tojikiston bilan chegaralar masalasida 3 soat o‘tirib, 20 yilda hal bo‘lmagan masalalarning 99,9 foizini birdaniga hal qildik. Nimaga? Men bilaman, bu ikki xalq bir-birovi bilan bordi-keldi qilishi kerak. Mina bo‘lishi kerak emas. Qo‘shnimiz», — deya ta’kidladi u.

Dastavval, “ikki tilda gaplashadigan bir xalq” deb e’tirof etiladigan o‘zbek va tojik davlatlari chegarasi nega minalashtirilgan edi, degan haqli savol tug‘iladi.

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi 2019 yili minalardan tozalanganligi nimani anglatadi?

Xabar qilinganidek, bundan maqsad – mamlakatimiz hududiga terrorchilar suqulib kirishidan himoya qilish va noqonuniy narkotik moddalar yo‘lini to‘sish edi.

Biroq, o‘tgan yillar mobaynida tinch aholi bir necha bor minalar bilan portlagan. Tojikiston Milliy minalar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yil mobaynida mamlakat ichkarisida ham, O‘zbekiston chegarasida ham piyodalarga qarshi minalar portlashi natijasida 374 kishi halok bo‘lgan, 485 kishi jarohatlangan. To‘g‘ridan -to‘g‘ri chegarada qancha odam halok bo‘lgani aniqlanmagan.

Ikki xalq shunday sharoitda 20 yil yashashga majbur bo‘ldi. Va bu ularni tamomila bir-biridan uzoqlashtirishga sabab bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil Tojikistonga tashrifi chog‘ida hududlarni minalardan tozalash masalalarini qamrab oluvchi bir qancha hujjat imzolangan edi. O‘sha yilning may oyida esa o‘zbek-tojik chegarasidagi minalar olib tashlash jarayonlari boshlangan.

Bu kelgusida Markaziy Osiyo integrasiyasi, yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro ishonch va hamkorlik asosida qurilishini anglatadi. Va eng asosiysi, Hazrati Inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yish har doim ustuvor bo‘lmog‘i lozim.

Bekzod Narimanov,
Toshkent davlat yuridik universiteti dosenti v.b.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!