O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat avtomashina raqami ma’lum qilindi (foto)

O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat avtomashina raqami ma’lum qilindi (foto)

O‘zbekiston tarixida avtomashina raqami uchun to‘langan rekord summa yangilandi. «50 777 ZZZ» davlat raqami Namangan viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan «Chiroyli mashina raqamlari» auksionida salkam 670 million so‘mga sotilgan.

Boshlang‘ich bahosi 135 million so‘m deya baholangan avtomobil raqami kimoshdi savdosi davomida narxi 132 marotaba ko‘tarilib, yakunda 669 million 600 ming so‘m evaziga sotilgan. Bu Markaziy bank tomonidan 6 may uchun belgilangan dollar kursi (11 132,56 so‘m) bo‘yicha 60 ming dollardan ortiqni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yil yanvar–mart oylarida onlayn auksionlar orqali 86,7 milliard so‘mlik 40 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan.

O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat avtomashina raqami ma’lum qilindi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!