O‘zbekiston Superligasining bir qator hakamlari korrupsiyada gumon qilinmoqda

O‘zbekiston Superligasining bir qator hakamlari korrupsiyada gumon qilinmoqda

«Tribuna.uz» saytining xabar qilishicha, O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida faoliyat olib borayotgan bir qator bosh hakamlar liga o‘yinlari natijasiga atayin ta’sir ko‘rsatish, uchrashuv oldidan klub vakillari bilan aloqaga chiqib, o‘yinda jamoaga yordam berish masalasida kelishish, pora olish kabi qing‘ir ishlarga qo‘l urganlikda gumon qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, bir necha yillardan buyon Superliga o‘yinlarini boshqarib kelayotgan hamda tamagirlikda gumon qilingan hakamlar va shaxslar so‘nggi ikki yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan kuzatib kelingan. To‘plangan dalil va isbotlar asosida gumondorlar so‘roq qilinmoqda.

Tekshiruvlar yakuniga yetgach, bu haqda to‘liq rasmiy ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Professional futbol ligasi (PFL) tomonidan o‘tkaziladigan milliy chempionat va kubok o‘yinlariga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) qoshidagi Hakamlar departamenti tomonidan hakam va nazoratchilar tayinlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!