O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni o‘rganmoqda

O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarni o‘rganmoqda

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Ayni kunlarda Rossiya va Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinaning qo‘llanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va o‘zbek mutaxassislari videokonferensiya orqali fikr almashishdi.

Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaksinani qo‘llash darajasini hukumatga ma’lum qilamiz», – dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!