O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi

A A A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi

Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegasiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar!

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman.

Tashkilotimizning yubiley yig‘ilishi Buyuk ipak yo‘lining durdonasi, Yangi O‘zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo‘lgan ushbu qadimiy shaharda o‘tkazilayotgani chuqur ramziy ma’noga ega.

Jahon sivilizasiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘laydigan, savdo, ilm-fan va madaniyatning chinakam markazi bo‘lib kelgan. Mashhur Rimga tengdosh bo‘lgan ushbu boqiy zamin ulkan saltanatlar poytaxti, ulug‘ alloma va mutafakkirlar, aziz avliyo zotlar kamol topgan yurt sifatida bizga hamisha g‘urur bag‘ishlaydi.

“Er yuzining sayqali” deya shuhrat qozongan, Sharqning ikki buyuk Uyg‘onish davri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Samarqand bugungi kunda jahonning zamonaviy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Nufuzli xalqaro tadbirimizning aynan bu azim shaharda tashkil etilayotgani ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.

Xush kelibsiz ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, aziz mehmonlar!

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Ma’lumki, turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari insonlarning dunyo bo‘ylab erkin harakatlanishiga keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Butunjahon turizm kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan avval jahon yalpi mahsulotining taxminan 10 foizi, eksportining esa 7 foizi sayyohlik sektoriga to‘g‘ri kelgan.

Afsuski, pandemiya ushbu tarmoqqa jiddiy zarba berdi. Natijada turizm eksporti daromadlari sezilarli darajada qisqardi, millionlab ish o‘rinlari yo‘qotildi.

Butunjahon turizm tashkiloti va sizlar vakillari bo‘lgan davlatlar hukumatlari tomonidan olib borilgan tizimli ishlar natijasida bugungi kunda global turizm qayta oyoqqa turmoqda. Barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatlari va yaqin hamkorligi tufayli ushbu tarmoq yangi muammo va tahdidlar qarshisida o‘zining moslashuvchan va barqarorligini namoyish etmoqda.

O‘tgan yili dunyo miqyosida salkam bir milliard turist xorijga sayohat qildi. Bu pandemiyaga qadar bo‘lgan ko‘rsatkichning salkam 70 foizini tashkil etdi. Joriy yilda ushbu raqam yanada o‘sishi kutilmoqda.

Ko‘plab davlatlar hozirgi murakkab vaziyatda o‘z iqtisodiyotini tiklash va dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda turizm sohasiga tayanmoqda. Global raqobat muhiti kuchaymoqda. Bu albatta bejiz emas: sohaga kiritilayotgan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltirishini barchangiz yaxshi bilasiz.

Yaratilayotgan har bir yangi ish o‘rni esa boshqa tarmoqlarda yana 2 ta ish joyini hosil qilishga imkon beradi.

Shu ma’noda, turizm mamlakatlarimizning umumiy farovonligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim omilidir, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni paytda, u jahon xalqlari o‘rtasida madaniy almashuvlarni kuchaytiradigan, bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlaydigan qudratli vositadir.

Hurmatli forum qatnashchilari!

Biz Tashkilotimizning turizmni dunyoning barcha mintaqalarida jadal rivojlantirish va uni jahon iqtisodiyoti drayverlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Uning sohadagi yangicha yondashuvlari, xizmatlar sifatini keskin oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlari hamda infratuzilma loyihalariga katta urg‘u berayotgani tahsinga sazovordir.

Ayniqsa, Tashkilotning global kun tartibida turizmning asosiy o‘rin egallashi, ta’lim salohiyatini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishda sayyohlik sohasi ulushini oshirish, ko‘p tomonlama sheriklik aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan intilishlari barchamizning mushtarak maqsadlarimiz bilan uyg‘undir.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Butunjahon turizm tashkiloti Yangi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda ishonchli va uzoq muddatli strategik hamkoriga aylandi.

O‘tgan davrda mamlakatimiz uchun xavfsiz turizm bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi, startap loyihalari amalga oshirilmoqda. Shaharlarimizda Tashkilotning mintaqaviy anjumanlari o‘tkazib kelinmoqda.

Yaxshi xabardorsizlar, biz so‘nggi yillarda O‘zbekistonda keng ko‘lamli, ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturini amalga oshiryapmiz. Unda asosiy e’tiborni demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishga qaratmoqdamiz.

Olib borayotgan “ochiq eshiklar” siyosatimizda turizm tarmog‘iga ustuvor ahamiyat beryapmiz.

Salkam yuzta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tizimini qo‘llayapmiz. Yana 55 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi.

Biz sayyohlik biznesining barcha turlarini yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratdik. Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdik, kredit va moliyaviy yordamni kuchaytirdik. Yangi mehmonxonalar qurish va xalqaro brendlarni jalb etish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Shu tufayli pandemiya cheklovlariga qaramasdan, biz ikki yil davomida 800 ta infratuzilma loyihasini amalga oshirdik.

Birgina Samarqand shahrining o‘zida turistik infratuzilmani yaxshilash uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ investisiya sifatida kiritildi. Bugungi anjumanimiz o‘tkazilayotgan “Ipak Yo‘li” sayyohlik markazi ana shunday yirik loyihalardan biridir.

Bundan tashqari, sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida turizm polisiyasi tashkil etildi.

“Amirsoy” qishki kurorti, “Afsonalar vodiysi”, “Zomin” va “Chorvoq” zonalari ko‘plab xorijiy sayyohlar e’tiborini tortadigan xalqaro turizm maskanlariga aylandi.

An’anaviy turmush tarzi va noyob hunarmandchilikka ega bo‘lgan turizm qishloqlari tashkil etilmoqda.

Sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mehmonxona o‘rinlari soni 140 mingtaga yetkazildi, 70 ta yangi sayyohlik marshruti ochildi, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi.

Sayyohlik sohasida professional kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor beryapmiz. O‘zbekistondagi 35 ta oliy ta’lim muassasasida xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 19 ta mamlakatdan kelgan talabalar tahsil olmoqda.

O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar ko‘paydi. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar o‘sdi.

Misol uchun, sayyohlar soni bu yil Yaponiyadan – 5 barobar, Hindiston va Italiyadan – 3,5 barobar, AQShdan – 2 barobarga ortdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda mamlakatimizga jami 7 million sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu ko‘rsatkichni 2030 yilga borib 15 millionga, ichki turizm oqimini esa 25 millionga yetkazishni reja qilyapmiz.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Keng ko‘lamli ishlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining “eng tez rivojlanayotgan turizm maskanlari” ro‘yxatida, shuningdek, mashhur “Gellop” ijtimoiy tadqiqot markazining “Sayyohlik uchun eng xavfsiz davlat” reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimiz AQShning “National geographic traveler awards” ro‘yxatida “Yil yangiligi” hamda “Gastronomik turizm” nominasiyalari g‘olibi bo‘ldi.

O‘zbekiston o‘tgan yili “Jahon musulmon sayyohlari indeksi”da “eng kuchli sayohat yo‘nalishi” sifatida tan olindi.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Biz o‘z oldimizga juda katta maqsad va rejalarni qo‘yganmiz va bu borada sizlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. Jumladan, Turizmni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyani ishlab chiqmoqdamiz.

Bu boradagi asosiy yo‘nalish sifatida zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

“Toshkent–Samarqand” va “Navoiy–Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi, yurtimizda 600 kilometr qo‘shimcha temir yo‘llar quriladi.

2025 yildan boshlab “Toshkent–Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, 2026 yildan esa ushbu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.

Shuningdek, “Toshkent–Samarqand” va “Toshkent–Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida pullik avtomagistrallar quriladi. Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.

2030 yilga qadar yana 56 ta zamonaviy avialayner olib kelamiz va aviaparkimizdagi samolyotlar sonini 100 taga yetkazamiz. Bundan tashqari, aviaqatnovlar soni 4 barobar oshiriladi. Barcha aeroportlarda “ochiq osmon” rejimi joriy qilinadi, hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy sheriklik asosida yangilanadi.

Shuningdek, katta shahar va sayyohlar ko‘p boradigan manzillarda 30 ta yirik turizm klasterlari tashkil etiladi.

Biz yurtimizning madaniy turizm salohiyatini oshirishga ham katta e’tibor qaratamiz.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud. YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga 200 dan ziyod moddiy va 6 ta nomoddiy ob’ektlarimiz kiritilgan.

“Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturi doirasida turistlarni o‘ziga jalb qiladigan madaniy meros ob’ektlari soni 800 tadan 2,5 mingtaga yetkaziladi, 745 ta madaniy meros ob’ekti restavrasiya qilinadi, 20 ta me’moriy yodgorlikda “ochiq osmon ostidagi muzey”lar tashkil etiladi.

Ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatga keluvchilar sonini hozirgidan uch barobar ko‘proqqa oshiramiz. Ana shu ezgu maqsadda tabarruk ziyorat maskanlarining geografiyasi kengaytirilib, ularning yagona xaritasi yaratilmoqda.

Samarqandda ulug‘ mutafakkir bobomiz Imom Buxoriy hazratlari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilayotgan muhtasham me’moriy majmua bu boradagi ulkan loyihalarimizdan biri bo‘lishiga ishonaman.

Mintaqamiz davlatlari bilan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish, Markaziy Osiyoda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, “Bir tur – butun mintaqa” dasturini amalga oshirish diqqatimiz markazida bo‘lmoqda.

Muxtasar aytganda, tibbiy, ekologik, gastronomik, etno, ekstremal va boshqa turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz hisobidan kelgusida kamida 1 millionta yangi ish joylari yaratishni maqsad qilganmiz.

Hurmatli forum qatnashchilari!

Dunyo turizm industriyasining e’tiborga molik yirik tadbiri – Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasining Samarqandda o‘tkazilishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta tarixiy voqeadir.

Ishonchim komilki, ushbu anjuman Tashkilotimizga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va unga yangi shiddat bag‘ishlashga xizmat qiladi.

Aloqalarimizni har tomonlama chuqurlashtirish uchun quyidagi takliflarni bildirmoqchiman.

Birinchidan, global turizmning eng dolzarb muammosi – bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta’minlashdir.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va beqaror vaziyatlar soha rivojiga pandemiyadan ham ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ming afsuski, bu jarayonlar oqibatida jozibador va an’anaviy yo‘nalishlarda turizm salohiyati va sayyohlar soni keskin pasaymoqda, xavfsiz turizm uchun doimiy tusga ega bo‘lgan xatar va tahdidlar ortmoqda, ularning salbiy ta’siri qo‘shni mintaqalarga ham tobora kengroq tarqalmoqda, butunjahon madaniy meros ob’ektlari va ko‘hna arxitektura yodgorliklari vayron qilinmoqda va hatto ayrimlari Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketmoqda.

Bunday ayanchli holatlarning oldini olish uchun barchamiz hamjihat va yakdil bo‘lib, bor kuch va sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz kerak.

Shu maqsadda, hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda, xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etaman.

Ikkinchidan, iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda “yashil” turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarbdir.

Shuningdek, Tashkilotimizning “Yashil” turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi shahar” nominasiyasini ta’sis etishni taklif qilamiz.

Tashkilot ko‘magida yaqinda ish boshlagan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti hamkorligida Global “yashil” turizm startaplari laboratoriyasini yaratmoqchimiz.

Biz eng yaxshi innovasion yechimlarni yaratish maqsadida grant mablag‘larini ajratishga tayyormiz. Barcha a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ushbu loyihaga qo‘shilishga taklif etamiz.

Uchinchidan, imkoniyati cheklangan sayyohlar uchun qulay sharoitlarni yanada kuchaytirish va inklyuziv turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida biz Tashkilotimiz doirasida 2025 yilni “Butun jahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qilish va maxsus deklarasiya qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz.

To‘rtinchidan, Butunjahon turizm tashkiloti huzurida Sayyohlik bo‘yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu platforma madaniy meros ob’ektlariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, tarixiy yodgorliklarni asrash bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar bilan almashish, tavsiya va samarali yechimlarni shakllantirish imkonini beradi.

Kengashning birinchi yig‘ilishini qadimiy Buxoro shahrida tashkil etishga tayyormiz.

Beshinchidan, bugun biz Samarqandda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan, dunyoda o‘xshashi yo‘q Butunjahon turizm tashkilotining Xalqaro turizm akademiyasini ochdik.

Ishonchim komilki, ushbu Akademiya global ta’lim xabiga aylanadi va jahon turizm sanoatini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston iqtidorli mutaxassislar uchun maxsus grantlarni taqdim etadi va davlatlaringiz vakillarini bu dasturda faol ishtirok etishga chaqiradi.

Oltinchidan, Tashkilotimiz bilan yaqin hamkorlikda Jahon yoshlar turizmi sammitini Toshkentda o‘tkazish haqidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysiz, degan umiddaman.

Aminmanki, ushbu forum yoshlarimiz uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g‘oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadi.

Ettinchidan, “Ipak yo‘li” brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Tashkilotning maxsus xalqaro mukofotini ta’sis etish tashabbusini bildiramiz.

Ushbu rejani amalga oshirishda biz bugun Butunjahon turizm tashkiloti bilan hamkorlikda ochgan “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi faol shug‘ullanishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Yana bir masala. E’tiboringizni turizm sohasining faol targ‘ibotchilari – jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillariga qaratmoqchiman.

Tashkilotimiz qo‘shimcha platformalar yaratish orqali bu iqtidorli va jonkuyar ijodkorlarning katta kuch va salohiyatini birlashtirishda faol rol o‘ynashi lozim.

Shu munosabat bilan yetakchi ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va eng yaxshi sayohat blogerlarini o‘zida birlashtiradigan Global media kampusinini tashkil etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.

Bunday media forumlarni har ikki yilda bir marta Tashkilot Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyalari doirasida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Birinchi media kampusni yurtimizda qabul qilishga tayyormiz.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Sizlar anjuman davomida Samarqandning qadimiy tarixi, boy madaniyati, uning betakror go‘zalligi, xalqimizning urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasizlar.

Bu azim shahar dunyoning barcha mintaqalaridan tashrif buyuradigan millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etayotgan Buyuk ipak yo‘lining chinakam javohiridir.

Siz, azizlar, Samarqandni “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” deb e’lon qilish va tegishli deklarasiyani qabul qilishga doir tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysiz, deb ishonaman.

Bu yuksak maqom asrlar bo‘yi o‘z tarovati va beqiyos merosini bezavol saqlab kelayotgan, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi bilan butun dunyoda shuhrat qozongan Samarqandning mo‘’tabar nomiga har tomonlama munosib bo‘lar edi.

Hurmatli do‘stlar!

Hech shubhasiz, bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida qabul qilinadigan hujjatlar va kelishuvlar global turizm industriyasining jadal rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Bosh Assambleya sessiyasi doirasida o‘tkaziladigan investisiya va ta’lim forumlari jahonning barcha turoperatorlari, oliygohlar va yirik kompaniyalarning o‘zaro muloqoti uchun samarali maydon bo‘lishiga aminman.

Ushbu forumlarda barcha hududlarimiz o‘zlarining boy tarixiy va madaniy salohiyatini, sayyohlik imkoniyatlarini to‘liq namoyish qiladi hamda istiqbolli investisiya loyihalari paketini taqdim etadi.

Bu tadbirlarda sizlarni faol ishtirok etishga chaqiraman.

Barchangiz Yangi O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf etishingizga, ushbu tashrif qalblaringizda unutilmas taassurotlar qoldirishiga ishonaman.

Siz, aziz do‘stlarimiz uchun O‘zbekiston eshiklari hamisha ochiq va barchangiz biz uchun doimo qadrli mehmonsiz.

Bosh Assambleya sessiyasining ishiga muvaffaqiyat va omadlar tilayman.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Sanches AQShning Ispaniyani NATOdan chiqarib yuborish rejalari haqidagi xabariga munosabat bildirdi

Санчес бу ҳақда жума куни Кипрнинг Никосия шаҳрида журналистларга маълум қилди.

Ukrainalik deputat frontdagi harbiylarning qiyin ahvoli haqida yozdi

Депутат, шунингдек, Украина Қуролли кучлари қўмондонлиги бу вазиятга ҳеч қандай муносабат билдирмаётганини айтди.

Yangilik: Endi O‘zbekistonning uch klubi xalqaro maydonda o‘ynaydi

Келаси мавсум Ўзбекистондан икки клуб Элит Осиё Чемпионлар лигасида юртимиз шарафини ҳимоя қилиши мумкин.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.