O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

A A A
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi (FOTO)

2019 yil 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan majlisda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar, harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, Konstitusiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan majlisda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan sud-huquq tizimida qat’iyat bilan amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar avvalo fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklarini amalda kafolatli himoyasini ta’minlash orqali ularni sud organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va amalga joriy etilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosining ta’minlanishi amalda o‘z samarasini bermoqda.

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida” va “Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud harajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi qarorlari loyihasi muhokama qilindi.

Plenum majlisida muhokama etilgan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilingani, birinchi instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi bilan sudlarning e’tibori ishni apellyasiya, kassasiya va nazorat tartibida ko‘rish natijasi bo‘yicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda birinchi instansiya sudining ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanishiga qaratilmoqda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari mazmuni va uni ijro etishning umumiy qoidalari Fuqarolik prosessual kodeksining tegishli normalari bilan tartibga solingan. Birinchi instansiya sudining ajrimlari qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ham, sud majlisi bayonnomasiga kiritgan holda joyida ham chiqarilishi mumkin. Ish bo‘yicha ish yuritish jarayonida yuzaga keladigan alohida prosessual masalalar bo‘yicha ajrimlar ham, ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladigan (arizani ko‘rmasdan qoldirish, ishni ish yuritishdan tugatish to‘g‘risida) ajrimlar ham chiqarilishi nazarda tutilgan. Belgilangan tartibda xususan, quyidagi ajrimlar alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi: rad qilish to‘g‘risidagi arzni qanoatlantirish yoki rad qilish, ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rish, majburiy keltirish, sud jarimasini solish, ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash, hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish, hal qiluv qarorini tushuntirish, hal qiluv qarorini darhol ijro etish, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoxud bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish, darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, prosessual muddatlarni uzaytirish va tiklash, er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash va ishning ko‘rilishini keyinga qoldirish hamda sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar aliment undirish haqidagi ishlar. Fuqarolik prosessual kodeksining tegishli moddasiga muvofiq murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish bo‘yicha (uchinchi shaxslar, vakillarni ishga jalb qilish yoki kirishishi, guvohlarni chaqirish, sud muhokamasini keyinga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni talab qilib olish yoki ishga qo‘shib qo‘yish va boshqalar) sud tomonidan maslahat xonasiga kirmasdan  joyida ajrim chiqariladi. Shu bilan birga, sud o‘z xohishiga ko‘ra qayd etilgan har qanday masalalar bo‘yicha alohida prosessual hujjat ko‘rinishidagi ajrim chiqarishga haqli.

Shuningdek, Plenum yig‘ilishi ishtirokchilari ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan bu boradagi qonun talablarini to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud harajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi qaror loyihasini ham muhokama qildilar. Aytish kerakki, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat. Qonunga ko‘ra, davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lov tushuniladi. Davlat boji boshqa majburiy to‘lovlar qatorida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga so‘zsiz rioya etishi shart. Ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat boji quyidagilardan undiriladi: birinchi instansiya sudiga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan; davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi; notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan beriladigan shikoyatlardan sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, ariza (shikoyat)ni ko‘rmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyasiya, kassasiya va nazorat shikoyatlaridan; sud hujjatlarning dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun. Ish hujjatlaridan foto nusxa olish uchun davlat boji undirilmaydi. Ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi «Davlat boji stavkalari to‘g‘risida»gi 533-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Davlat boji ariza, shikoyat sudga berilgunga qadar to‘lanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan, davlat boji to‘lash kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan hollarida). Davlat boji naqd pulsiz shaklda to‘langanligi fakti bankning to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart. Davlat boji naqd pul shaklida to‘langanligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan shaklda davlat bojini qabul qilgan tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan to‘lovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak. Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir necha arizalar bo‘yicha davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan  bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi. Qolgan ishlarga sudya tomonidan to‘lov topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan hamda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida, belgi qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi). Shuni nazarda tutish lozimki, to‘lanishi shart bo‘lgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabga bog‘liq bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar bo‘yicha aniqlanadi. Bir nechta mustaqil talablardan iborat bo‘lgan arizalardan davlat boji har bir talab bo‘yicha alohida, arizalar uchun belgilangan tegishli stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, muhokama etilgan Plenum qarorlari fuqarolik va ma’muriy ishlarni qonuniy hamda adolatli hal etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda Plenum qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholiga, tadbirkorlarga, davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga, sudyalarga tushuntirish bo‘yicha viloyatlarda va mahallalarda tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi qayd etildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Plenum majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.

 

 

Aziz Obidov,

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi rasmiy vakili


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Rossiyada muftiylar ommaviy ravishda hibsga olinmoqda

Уларнинг айримлари террорчилик моддаси бўйича – “Мусулмон биродарлар” ташкилоти билан ҳамкорлик қилишда айбланмоқда

Putin va Kabayevaning farzandlariga Yevropadan 20 nafar tarbiyachi yollangan

Путин ва Кабаева фарзандларининг исмлари ва туғилган саналари аввалроқ “Досье” маркази томонидан аниқланганди

"Mundialdan so‘ng skautlar nigohi O‘zbekistonga qaratiladi"

Жаҳон чемпионати ҳар тўрт йилликнинг энг нуфузли мусобақаси ҳисобланади.

Zo'r TV telekanali 30-may kuni Yevropa chempionlar ligasining final o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Европа чемпионлар лигаси финалидан ўрин олган "ПСЖ" - "Арсенал" баҳси 30-май куни Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.