👥Xalqaro bozorda O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan quruq mevalar raqobatbardoshligini oshirish, yangi bozorlarni zabt etish yo‘lida davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida «Yo‘l xaritasi» va doimiy faoliyat yurituvchi platforma tashkil qilishga kirishildi.
Keyingi yillarda meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda yaxshi natijalarga erishilmoqda. Lekin, oxirgi ikki yildagi geosiyosiy vaziyat, o‘zbek eksportchilarining faoliyati tarixan Rossiya va boshqa MDH davlatlariga yo‘nalganligi, ularning xarid qobiliyati esa keskin tushib borayotgani, logistikada murakkabliklar tug‘ilayotgani o‘zbekistonlik meva-sabzavot eksporti uchun yangi bozorlarni izlashni taqozo qilmoqda.
Shulardan biri – Yevropa bozori. Bu mintaqa xalqaro eksportda ustuvor bozor sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Shveysariya hukumati, Xalqaro savdo markazi (ITC) hamkorligida tashkil etilgan loyiha – quritilgan meva-sabzavot eksportini rivojlantirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platformasini yaratish O‘zbekistonning sarxil quruq mevalarining jumladan ushbu bozorga to‘siqsiz kirib borishini ta’minlashga qaratilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
Истеъфодаги америкалик ҳарбий таҳлилчи ва собиқ разведка ходими Скотт Риттернинг фикрича, агар АҚШ Эрон билан можарони давом эттирса, оғир оқибатларга дуч келиши мумкин.
АҚШ президенти Дональд Трамп Пентагон яқин вақтда номаълум учувчи объектлар ҳақидаги маълумотларни ошкор қилишини айтгач, бу баёнот халқаро оммавий ахборот воситаларида катта муҳокамага сабаб бўлди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.
Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.