Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasiga o‘qishga kirish tartibini tushuntirdi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1 fevraldan 31 martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;
anketa;
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
3×4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5×6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Keyingi navbatda amalga oshiriladigan harakatlarni Mudofaa vazirligining normativ hujjat talablariga asosan mudofaa ishlari bo‘limlari belgilab beradi. Hozirda O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi mutaxassislarni tayyorlamoqda. Akademiyada bakalavrlarni tayyorlash uchun Umumqo‘shin qo‘mondonlik fakulteti va quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
Harbiy boshqaruv va liderlik;
Harbiy razvedka;
Umumiy taktika;
Jangovar ta’minot;
Moddiy ta’minot;
Texnik ta’minot;
Qurolli kuchlarda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik;
Chegara faoliyati;
Chegara san’ati;
Qurollanish va otish;
Jismoniy tayyorgarlik va sport;
Tillar kafedrasi;
Tabiiy fanlar;
Milliy iftixor va harbiy-vatanparvarlik;
Harbiy psixologiya va pedagogika;
IIV qo‘shinlarini tayyorlash.
Qurolli kuchlar akademiyasida kursantlar 4 yil tahsil oladi va o‘qish davridagi barcha sarf-xarajatlar Mudofaa vazirligi tomonidan qoplanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.
Истеъфодаги америкалик ҳарбий таҳлилчи ва собиқ разведка ходими Скотт Риттернинг фикрича, агар АҚШ Эрон билан можарони давом эттирса, оғир оқибатларга дуч келиши мумкин.
АҚШ президенти Дональд Трамп Пентагон яқин вақтда номаълум учувчи объектлар ҳақидаги маълумотларни ошкор қилишини айтгач, бу баёнот халқаро оммавий ахборот воситаларида катта муҳокамага сабаб бўлди.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.
Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.
Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.
Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.