O‘zbekiston muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlarini keng masshtabda YEI mamlakatlariga eksport qilishi mumkin

O‘zbekiston muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlarini keng masshtabda YEI mamlakatlariga eksport qilishi mumkin

East fruit tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston muzlatilgan meva, sabzavot hamda rezavorlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishga yaxshi vaziyat yuzaga kelishi oydinlashmoqda.

Evropada joriy yil kuzatilgan qurg‘oqchil yoz tabiiyki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida meva-sabzavot hosiliga salbiy ta’sir qildi.

Undan tashqari, qishda Yevropa mamlakatlarida elektr energiya tanqisligi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi ehtimoli yuqoriligicha qolgan. Bunday paytda Yevropada meva-sabzavotlarni saqdaydigan muzlatgichlarni barqaror ishlatib turish uchun energiya doimo ham yetarli quvvatda ''bo‘lmasligi'' mumkin.

Kelayotgan qishda O‘zbekistondan katta partiyadagi muzlatilgan meva-sabzavotlar Yevropa Ittifoqi mamakatlariga ''ravona'' bo‘lishi mumkin. Meva sabzavot eksportida manzillarni YEI mamlakatlari tomon o‘zgarishi, mazkur yo‘nalishda istiqbolli savdo aylanmalari paydo bo‘lishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!