O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov mamlakatda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etlb.. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 41-saylov uchastkasiga kelib, munosib nomzodga ovoz berdi.

«Alloh taologa shukrki, bugun tarixiy voqeada ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldik. U ham bo‘lsa, O‘zbekiston prezidentligiga munosib nomzodga ovoz berish kunidir. Men ham mana shunday bir yurtning fuqarosi sifatida, diyorini sevuvchi musulmon o‘laroq ovoz berishda ishtirok etmoqdaman. Umid qilamizki, azizlar har bir narsa niyatga bog‘liqdir.

ImomQayd etilishicha, ovoz berish jarayonlarida diniy soha xodimlari, ayniqsa, imom-xatiblar va mudarrislar ham faol ishtirok etgan. Buxoriy hazratlari rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom barcha ishlar niyatga bog‘liqdir, deb marhamat qilganlar. Shunday ekan biz ham munosib nomzodga yaxshi niyat ila ovoz berdik. Har bir mo‘min-musulmonning yaxshi niyat ila munosib nomzodga ovoz berishi yaxshilik yo‘lidagi hamkorligidir.

Haq taolo Qur’oni karimda: «Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz!» deb bayon qilgan (Moida, 2).

Shunday ekan, biz yaxshilik yo‘lida bir-birimizga yordam bermoqdamiz. Alloh taolo munosib nomzodni yurtimiz, xalqimiz va kelajagimiz uchun xizmat qilishda O‘zi madadkor bo‘lsin», — deydi muftiy.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlarida diniy soha xodimlari, ayniqsa, imom-xatiblar va mudarrislar ham faol ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Xoliqnazarov 19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!