O‘zbekiston maktablariga Finlyandiya mutaxassislari jalb etiladi

O‘zbekiston maktablariga Finlyandiya mutaxassislari jalb etiladi

Joriy yilning 27 may kuni Xalq ta’limi vazirligida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari hamda Finlyandiya delegasiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab, Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hududiy milliy markazlariga Finlyandiya ekspertlarini jalb etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida Finlyandiya tomoni ham mazkur jarayonga metodistlarni jalb etish, o‘qituvchilarni sertifikasiyalash, ularga metodik va amaliy ko‘mak berilishi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon xususiy ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini ham O‘zbekiston xalq ta’limi tizimiga jalb etishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!