Ayni paytda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati.
Xabar berilishicha, tadbirda Umar Kremlyov 2023 yilgi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qilgan.
Har ikki yilda o‘tadigan turnirning so‘nggisi – 2019 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston milliy jamoasi charmqo‘lqop sohiblari 3ta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida o‘z tarixida ilk marta 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq, 2021 yilgi jahon chempionatiga Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilishi e’lon qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha 2023 yilda Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati O‘zbekiston tarixidagi dastlabki turnir bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.