O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokasiyani keskin qoraladi

O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokasiyani keskin qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2019 yil 12 may kuni Fors ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokasiyani keskin qoraladi.

TIV bayonotida aytilishicha, bu kabi hodisalar kemalar bortidagi insonlar hayotiga jiddiy xavf yaratadi.

Vazirlik xalqaro hamjamiyatni dengizda kemalar qatnovi xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazadigan bunday harakatlarning oldini olish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Arab Amirliklariga xavfsizlikni ta’minlash va o‘z milliy manfaatlarni himoya qilishda yakdillik izhor etadi , - deyiladi TIV bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!