O‘zbekiston chegaralarda erkin savdo zonalari ochishni rejalashtirmoqda
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonning Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan chegaralarida erkin savdo zonalarini yaratishga oid prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim qildi.
Loyihaga ko‘ra,Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan chegaralarda erkin savdo zonalari yaratilishi rejalashtirilgan.
Qo‘ng‘irot erkin savdo zonasi – Qoraqalpog‘istonning Turkmaniston bilan chegaradosh Qo‘ng‘irot tumanida;
“Do‘stlik” erkin savdo zonasi – Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida, Qirg‘iziston bilan chegaradosh;
Erkin savdo zonalarining asosiy vazifalari:
savdo uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan konsignasiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, mahsulotlarga ishlov berish, ularni qadoqlash-joylash, saralash, saqlash zonalarini tashkil qilish;
xalqaro, mintaqaviy ulgurji va chakana savdoni rivojlantirish;
chegara hududlarida logistika xizmatlarining to‘liq spektrini rivojlantirish;
ko‘rgazmalar uyushtirish orqali mintaqalararo biznes hamkorligini takomillashtirish;
aholi farovonligini oshirish hamda chegara hududlarida ish o‘rinlarini yaratish;
transport, tibbiyot, moliyaviy, ko‘ngilochar, mehmonxona, restoran hamda chakana savdo infratuzilmasini yaratish.
Erkin savdo zonalariga olib kiriladigan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududidan tashqarida joylashgan deb hisoblanadi.
Xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ishtirokchilarni 30 yil muddatda mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suvdan foydalanish solig‘i hamda mikro va kichik biznes sub’ektlari uchun yagona soliq to‘lovidan ozod etish taklif etilmoqda.
Erkin savdo zonalari direktorlari davlatning maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va majburiy badallar to‘lashdan ozod qilinadi.
Hujjat 26 iyunga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.