O‘zbekiston besh mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini taqiqladi

O‘zbekiston besh mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini taqiqladi

O‘zbekiston besh mamlakat fuqarolarining Belarusga aviatranzitini vaqtincha cheklaydi. Bu haqda RIA Novosti “O‘zaviasiya” agentligidagi manbasiga tayangan holda yozmoqda.
“17 noyabrdan boshlab Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekiston orqali Belarusga tranzitni amalga oshirishi vaqtincha cheklanadi”, - deyilgan xabarda.
Aviakompaniyalar O‘zbekiston orqali amalga oshiriladigan tranzit reyslarda ushbu cheklovni e’tiborga olgan holda chipta sotishni tashkil etishi lozim.
Cheklov diplomatik pasport vakillari va Belarusda yashash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga taalluqli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!