O‘zbekiston ayol-qizlari Vatani, xalqi, oilasi va farzandlari uchun jonini fido qiluvchi zotlardir

O‘zbekiston ayol-qizlari Vatani, xalqi, oilasi va farzandlari uchun jonini fido qiluvchi zotlardir

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi "Anora" filmining Kannda taqdirlanishiga munosabat bildirdi.

Munosabatning asosiy nuqtalari:

▪️Ushbu filmda raqqosa va fohisha rolini ijro etgan osiyoliklarga o‘xshash qiyofadagi qiz o‘zbek qizi sifatida talqin qilingan.

▪️Film O‘zbekistonni bilgan va unga xayrixoh bo‘lgan insonlarni taajjubga solgan;

▪️Buning ortida O‘zbekistonga do‘st bo‘lmagan uzoq-yaqindagi turli xalqaro tashkilotlar yoki nufuzli shaxslar turgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas;

▪️Bu yerda g‘arazli maqsad aralashgani shubhasiz. Biz bunday xolis-noxolis g‘arazgo‘y hodisalarga faqat istehzo bilan kulib javob berishimiz mumkin.

▪️Filmda o‘zbek qizi degan iboradan bo‘lak o‘zbekka daxldor biror voqea-hodisa yoki tafsilot yo‘q.

🔸Agentlik so‘nggi yillarda o‘zbek ayollari obrazlari aks etgan badiiy va hujjatli filmlar yaratilayotganini qayd etgan.

🔸2023 yilda ekranga chiqqan "O‘zbek qizi" badiiy filmi misol qilib keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!