O‘zbekiston aholisi 37 million 543,2 ming kishiga yetdi

Statistika agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 37 million 543,2 ming kishiga yetdi.
Jami aholining 18,9 millioni (50,4 foizi) erkaklar, 18,6 millioni (49,6 foizi) ayollardir. Shahar aholisi 19,1 million (51 foiz), qishloq aholisi 18,4 million (49 foiz) kishini tashkil etadi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori zichligi Toshkent shahrida 6948,1 nafar, Andijon viloyatida 804,9, Farg‘ona viloyatida 613,1 nafarni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida — 9,9 va Qoraqalpog‘istonda — 12,2.
2024 yilda 926,4 ming bola tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning otalari yoshga qarab quyidagi nisbatda taqsimlandi:
10,7 foiz — 25 yoshgacha,
82,5 foiz — 25−39 yosh,
6,8 foiz — 40 yosh va undan katta.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 39,3 foizida onalar yoshi 25 yoshgacha, 59,5 foizida 25−39 yosh, 1,2 foizida 40 yosh va undan katta bo‘lgan.
Tug‘ilishning eng katta ulushi Samarqand viloyatida (12 foiz) kuzatildi, Farg‘ona viloyatida — 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida — 10,9 foiz, Andijon viloyatida — 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida — 9,1 foiz.
Tug‘ilish darajasi Sirdaryo viloyatida (2,4 foiz), Navoiy viloyatida (2,8 foiz), Jizzax viloyatida (4,2 foiz), Qoraqalpog‘istonda (4,5 foiz) va Buxoro viloyatida (5 foiz) nisbatan past.
2024 yilda ro‘yxatga olingan nikohlar soni 271,8 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 12 mingtaga kam. Nikohda ayollarning o‘rtacha yoshi 22,3 yosh, erkaklarning o‘rtacha yoshi 27,1 yoshni tashkil qildi.
Ajralishlar soni 45,1 mingtani tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 8,3 foizga kam.
Ajrashgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 35,4 yoshni, ayollarniki 32,1 yoshni tashkil etdi. Ajralishlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri keladi, bu umumiy ko‘rsatkichning 64,6 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekistonga kelganlarning umumiy soni 241,8 ming kishini tashkil etdi, ulardan 103,4 ming nafari erkaklar, 138,4 ming nafari ayollar. Shaharlarga kelganlar soni 182,2 ming kishiga, qishloq joylariga 59,6 ming kishiga yetdi.