O‘zbekiston aholiga 57 mln. dollar pul ajratadi

O‘zbekiston aholiga 57 mln. dollar pul ajratadi

O‘zbekiston hukumati uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslarni (ya’ni aholini) moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun salkam 57 mln. dollar pul ajaratadi. Hukumat xalqqa pul berishi kerakligi haqida avvalroq yozgandik. Bu haqda "Zed News" kanali yozmoqda.

Bu haqda bugun prezident qarori imzolangan. Qaror bilan COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi tasdiqlangan.

Loyiha umumiy qiymati — 107 mln. dollar bo‘lib, shundan 95 mln. dollarini Jahon banki qarzga bergan. Kredit 30 yilga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratilgan. Pullar sog‘liqni saqlash tizimi, kambag‘allar va ishsizlarga berilishi rejalashtirilgan.

Pulning asosiy qismi, ya’ni 56,9 mln. dollari uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslarga ajratilgan, mas’ul Moliya vazirligi.

Keyin esa kambag‘allarga vaqtinchalik nafaqalar berish uchun 51,9 mln. dollar ajratilgan. Undan keyin esa sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar, infrastruktura uchun sarflanadi, jami 75,2 mln. dollar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!