O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordamini topshirdi

O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordamini topshirdi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov Afg‘onistonning Hayraton shahrida "Tolibon" harakati vakillari bilan uchrashdi.

U yerda Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Insonparvarlik yordami turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Z.Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!