O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 36% oshdi

O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 36% oshdi

2024 yilning birinchi yarmida respublika aeroportlaridan 53 303 ta reys amalga oshirildi, yo‘lovchilar soni 6 369 384 kishini tashkil qildi, - deyiladi xabarda.

Shuningdek,"Uzbekistan Airports" tomonidan 40 269 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18% ko‘pdir.

Bugungi kunda, O‘zbekiston aeroportlaridan 45ta aviakompaniya 84 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon Varshava, Doha, Anqara, Madridga parvozlar ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!