“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha navbatdagi brifing

A A A
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha navbatdagi brifing

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy antidoping agentligi boshqarma boshlig‘i A’zamjon Soliyev ma’lum qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi «O‘ZBEKISTON – 2030» STRATEGIYASINI 2023 YILDA SIFATLI VA O‘Z VAQTIDA AMALGA OSHIRISh CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi 300-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qarordan kelib chiqib, Agentlik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, Butunjahon antidoping agentligi (VADA)ning antidoping elektron ta’lim platformasidagi 7 ta o‘quv dasturlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, VADA vebsaytiga joylandi. Mazkur o‘quv dasturlari barcha sportchilar, shu jumladan o‘zbek sportchilarining ham Xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun majburiy shart qilib qo‘yilgan antidoping sohasidagi bilimlarini belgilash va yakunda imtihon topshirib muvaffaqiyatli o‘tgan sportchilarga sertifikat berishni o‘z ichiga oladi. Bugunga qadar ushbu dasturni yakunlab, sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek sportchilari soni 700 nafarga yetdi.

Sportda doping qo‘llanishining oldini olish, o‘zbek sportchilarida ijobiy doping sinamalari chiqishi holatlarini oldini olish, sportchilar va sport sohasidagi mutaxassislarga antidoping qoidalarini o‘rgatish, terapevtik istisnolar, sportda taqiqlangan moddalar va usullar bilan atroflicha tanishtirish hamda mamlakatda samarali doping nazoratini amalga oshirish borasida agentlik tomonidan onlayn va oflayn ko‘rinishida malaka oshirish kurslari tashkil qilindi. Mazkur kurslar orqali joriy yilda jami 1500 nafarga yaqin Respublikamiz mutaxassislari o‘qib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Oktyabr oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti RADOKA hamda Litva antidoping agentligi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar”dan terapevtik istisno tarzida foydalanish bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida onlayn Vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinarda respublikamizda faoliyat olib borayotgan 450 nafarga yaqin sport shifokorlari va murabbiylarining ishtiroki qamrab olindi.

2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” doirasida agentlik tomonidan bir qator o‘quv-qo‘llanmalar va dasturlar ishlab chiqildi. Xususan, “Sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik istisnolar tarzida foydalanish: asosiy shartlar va mezonlar”, “Sportchining biologik pasporti”, “ADAMS tizimida ma’lumotlarni joylashtirish”, “Yillik test ro‘yxatiga kiritilgan sportchilar uchun dastur”, “Sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik maqsadda foydalanish”, “Doping nazorati”, “Doping va uning sportchi salomatligiga ta’siri” va boshqa o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari yaratildi va nashr etildi. Shuningdek, “Sportda taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik istisnolar maqsadida foydalanish bo‘yicha dastur” ishlab chiqildi. Kibersport va yakkakurash sport turlari uchun “Antidoping qoidalari” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, tibbiyot xodimlari uchun dopingga qarshi kurash va uning profilaktikasi bo‘yicha “Antidoping ta’limoti” malaka oshirish kursi va dasturi ishlab chiqildi. Barcha yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va dasturlar O‘zbekiston sport federasiyalari va assosiasiyalariga tarqatildi.

Sportchilarni doping va uning profilaktikasi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda “Antidoping ta’limoti” o‘quv dasturi hamda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si yaratildi.

Agentlik tomonidan doping sinama va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid «sportchining biologik pasporti» (ABP) onlayn tizimi joriy etildi va olingan ma’lumotlarni Butunjahon antidoping agentligining Antidoping Ma’muriyati va boshqaruv tizimi (ADAMS)ga kiritish yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida Butunjahon antidoping agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi boshqaruvining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida davlatlarda olib borilayotgan antidoping faoliyat bo‘yicha Kengash a’zolarining yillik hisoboti eshitildi va oldindagi rejalar belgilab olindi.

Agentlik muassisligida “Sport va tibbiyot” xalqaro jurnaliga asos solindi. Mazkur jurnalda respublikamiz va xorijiy olimlar tomonidan sport tibbiyoti, farmakologiyasi va biokimyosi sohasida olingan ilmiy maqolalar chop etilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda mazkur jurnalni xalqaro indekslangan SCOPUS hamda Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Jurnal xalqaro ISSN kodi bilan akkreditasiyadan o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz sportchilari va sport mutaxassislarini antidoping sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda faoliyat yuritayotgan agentlik xodimlarining o‘zlari ham doimiy ravishda sohaga oid Xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, simpoziumlar, seminar va vebinarlarda muntazam ravishda ishtirok etishib, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlab bormoqdalar. Xususan, qon dopingi mutaxassislari va xalqaro doping nazorati xodimlari uchun tashkil etilgan xalqaro vebinarlar, dopingda tergov va surishtiruv bo‘yicha xalqaro vebinar, YUNESKOning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan “Sportda dopingga qarshi kurash konvensiyasi”ga a’zo davlatlarning 9-sessiyasi, Yaponiya antidoping agentligi (JADA) tomonidan tashkil etilgan “Osiyo-Okeaniya Xalqaro antidoping seminari” va boshqalar shular jumlasidandir.

Ta’kidlash joizki, antidoping sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida dopingdan holi halol sportga jamoatchilikni keng jalb qilish bo‘yicha hukumat darajasida e’tibor qaratilayotganligi hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar Butunjahon antidoping agentligi tomonidan ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. Bu ijobiy o‘zgarishlarning barchasi albatta mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi ekanligi ta’kidlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.