Kuni kecha «Chegara bilmas muxbirlar» nodavlat tashkiloti e’lon qilgan matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 157-o‘rinda qayd etildi. Biroq tashkilot tomonidan yurtimizda axborot sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘laqonli o‘z aksini topmagani va munosib baholanmagani afsuslanarli.
Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Jurnalist va blogerlar huquqlari qonun doirasida himoya qilinayotgani, axborot xizmatlari va davlat tuzilmalarining matbuotdagi tanqidlarga konstruktiv javob qaytarayotgani natijasida aholining xabardorlik darajasi oshib bormoqda.
Murakkab pandemiya sharoitida O‘zbekistonda OAV, ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar imkoniyatlaridan samarali foydalanib, media makonda tarqalgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan har bir ma’lumotga o‘z vaqtida rasmiy munosabat, izoh, tushuntirishlar berib borildi. Agentlikda barcha davlat organlari va idoralari bilan birgalikda brifing hamda matbuot anjumanlarini tizimli o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Aholi o‘zini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar hamda mutaxassislardan bevosita javob olishni boshladi. Xuddi shunday amaliyot hududlarda ham joriy etildi, maxsus media-rejalar asosida jurnalistlar uchun tadbirlar muntazam o‘tkazib borilyapti.
Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, jinoiy javobgarlik liberallashtirildi. Xususan, tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi.
Bugun O‘zbekistonning yangi ochiqlik va oshkoralik siyosatida axborot sohasidagi bahsli masalalar, tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan har qanday nizoli vaziyatlar mavjud qonunlar, shuningdek, sud tizimi doirasida hal qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Bu borada Agentlik axborot sohasidagi vakolatli organ sifatida ishonchli va xolis axborot tarqatayotgan jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlarining qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor.
Umid qilamizki, «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining keyingi reytinglarida O‘zbekistonda axborot erkinligi sohasidagi barcha islohotlar o‘z aksini topadi va munosib bahosini oladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади