Uzbekistan GTL’da ilk sintetik dizel ishlab chiqarish boshlandi

Uzbekistan GTL’da ilk sintetik dizel ishlab chiqarish boshlandi

“Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishni boshladi.

5 ming tonna miqdoridagi sintetik dizelning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuboriladi.

Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini ta’minlash, shuningdek, ularni to‘liq nazorat qilish va boshqarish Uzbekistan GTL zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!