“Uzbekistan Ethno Games” festivali tashkil etiladi

Bugun soat 19:00da Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘ida “Uzbekistan Ethno Games”Respublika festivali tashkil etiladi.
Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Etnosport assosiasiyasi tomonidan Prezidentimizning 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-259-sonli qaroriga asosan ilk marotaba tashkil etilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)