"Uzbekistan Airways" va Italiyaning "EU Wings" kompaniyasi hamkorlik shartnomasini imzoladi

"Uzbekistan Airways" va Italiyaning "EU Wings" kompaniyasi hamkorlik shartnomasini imzoladi

Ushbu shartnoma doirasida Italiyaning "EU Wings Srl" kompaniyasi Toshkent, Buxoro, Navoiy, Urganch, Namangan va Farg‘ona xalqaro ayeroportlarida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatilayotgan samolyot turlariga Airbus 319, 320, 321, 330, Boing 737, 767, 777, 787, Embraer RJ 170/190 va ATR 42/72 kabilar kiradi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, "EU Wings" yuqoridagi ayeroportlarda aviakompaniyalar talablariga muvofiq samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston ayeroportlariga yangi xorijiy aviatashuvchilarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratadi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik joriy yilning 26 mart kuni boshlangan edi. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "MPO Central Asia" ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish konferensiyasi doirasida "Uzbekistan Airways" boshqaruv kompaniyasi va Italiyaning "Eu Wings Srl" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!