O‘zbek o‘quvchilari Rossiyada g‘olib bo‘ldi

O‘zbek o‘quvchilari Rossiyada g‘olib bo‘ldi

2021 yil 25 mart kuni Rossiya davlatida o‘tkazilgan «DETALKA-2020» raqamli texnologiyalar, ta’lim robotlari va nerotexnologiyalar oltinchi xalqaro tanlovida 10 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi g‘olib bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 25 ta davlatdan jami 437 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, xalqaro tanlov 3 ta yosh toifasida va «Eng yaxshi muhandislik yechimi», «Eng yaxshi texnologik loyiha» yo‘nalishlarida o‘tkazilgan.

Xalqaro tanlovda O‘zbekiston sharafini 10 nafar «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak a’zolaridan iborat jamoasi ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!