O‘zbek kinoijodkorlari Ozarboyjon kinofondiga tashrif buyurishdi

O‘zbek kinoijodkorlari Ozarboyjon kinofondiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Ozarboyjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 7-10 dekabr kunlari Boku shahrida O‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

6 dekabr kuni bir guruh kinoijodkorlar Ozarboyjon poytaxtiga yetib kelishdi. Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi hay’at tarkibidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, kinorejissyorlar Eldor Mamedov, Dilmurod Masaidov, kinojurnalistlar Feruza Nodirova, Shoira Raufboyeva va boshqalar o‘rin olgan.

Ijodiy guruh Ozarboyjon milliy kino fondiga tashrif buyurdi. Kino fondi rahbari Jamil Guliyev ikki mamlakat kino fondi ustalari hamkorligi uzoq tarixga ega ekanligi, so‘nggi yillarda bu hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi.

O‘zbek kinoijodkorlari Ozarboyjon kinofondiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, xamkorlik uchun barcha imkoniyatlar safarbarlik qilinishini takidladi.
Uchrashuvga Firdavs Abduxoliqov Ozarboyjon milliy kino fondi rahbariga "O‘zbekiston kino san’ati" kitob-albomini taqdim etdi.

Kino fondi rahbari fond arxivida saqlanayotgan noyob fotosuratlarni ko‘rsatdi. Ular orasida o‘zbek kinosi tarixidan hikoya qiluvchi suratlarning ko‘pligi e’tiborni tortdi.

Bu yerda kinorejissyor Yolqin To‘ychiyev suratga olgan "Faridaning 2000 qo‘shig‘i" filmi namoyish qilindi.

Kino kunlari doirasida ozarboyjonlik kino muxlislariga "Azaliy do‘stlik va qardoshlik", "Ayol qismati", "Baron 2: Sog‘inch", "Maqsud Shayxzoda" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!