O‘zbek gilosi birinchi marta London do‘konlarida sotilmoqda

O‘zbek gilosi birinchi marta London do‘konlarida sotilmoqda

London savdo rastalarida ilk bor Namagan viloyatida yetishtirilgan gilos paydo bo‘ldi.

Gilos eng yirik Western International Market bozorida sotilmoqda.

“Bugun – tarixiy kun. Tarixda birinchi marta o‘zbek gilosi Britaniya bozoriga yetkazildi. O‘zbekiston – ajoyib mamlakat, biz bir necha oy avval Buyuk Britaniya bozoriga o‘zbek meva-savzavotlarini eksport qilishga qaror qildik. Men O‘zbekiston ko‘plab viloyatlari, xususan Qashqadaryo viloyat Kitob tumani va Namangan viloyati tashrif buyurdim. Men katta eksport salohiyatini ko‘rdim va bu masala bo‘yicha ishlashga qaror qildim”, - deb ta’kiladi AKS Services Group bosh direktori Vais Kais.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyada import uchun joriy etilgan sertifikasiya, sanitariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha barcha proseduralarni o‘tdi.

Kais kelgusida O‘zbekiston meva-sabzavotlarning eksport hajmi yanada ko‘paytiriladi. Yaqin vaqtlarda anor, piyoz, bodring va turli qurutilgan mevalar eksport qilish bo‘yicha rejalar bor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil iyul oyida Xitoyning Urumchi shahriga o‘zbek gilosi eksport qilingandi.

2019 yil fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH va Boltiq mamlakatlari orqali Yevropa va AQShga meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha “yashil yo‘laklarni” yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil yakuni bo‘yicha yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport hajmi 37,6 foizga 874,5 million dollargacha ko‘paydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!