Uyg‘urlar muammosi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchi O‘zbekistonga kiritilmadi

Uyg‘urlar muammosi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchi O‘zbekistonga kiritilmadi

Tadqiqotchi, yozuvchi va uyg‘ur tili tarjimoni Yevgeniy Bunin 1 noyabr kuni Olma Otadan Toshkentga uchib kelib, aeroportdan Qozog‘istonga qaytarib yuborildi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, DXX chegara qo‘shinlari xodimlari aeroportda chiqarib yuborish sababini bilmasliklarini ma’lum qilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishni tavsiya etishgan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi,

Bundan avval bir necha marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevgeniy Bunin «Gazeta.uz» savoliga javob berar ekan, taqiqni u ayni vaqtda olib borayotgan tadqiqot ishi bilan bog‘ladi.

«Shaxsan men bu Shinjon mavzusidagi ishlarim bilan bog‘liq ekaniga aminman — men Shinjonda Xitoy siyosati qurbonlarining eng katta ochiq ma’lumotlar bazasi (shahit.biz) rahbariman. Men tez-tez u erda nima sodir bo‘layotgani haqida yozaman va voqealarni yoritaman. 2018 yildan beri faqat shu ish bilan shug‘ullanaman, bundan boshqa hech narsa mening kirishimga taqiqqa sabab bo‘lishi mumkin emas. Men O‘zbekistondagi qonunlarni buzmaganman va mahalliy siyosat bilan qiziqmaganman», — deydi tadqiqotchi.

Evgeniy Buninning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonga shunchaki sayyoh sifatida 2016 yil boshida, shuningdek 2018 yil avgust-sentyabr oylarida tashrif buyurgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida u Olma Otadan Buxoroga borib, u erda uch-to‘rt oy yashagan.

«2019 yil mart oyida Serikjan Bilash (Xitoydagi etnik qozoqlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol, „Atajurt“ harakatining yetakchisi) Olma Otada hibsga olingan, shu sababli u qaytib kelgan. Aprel oyida AQShdagi konferensiyaga Toshkentdan AQShga parvoz qildim. Ikki oy oldin Toshkentga uchib, mahalliy faollar — Anvar Nazir va boshqalar bilan uchrashdim va Shinjon mavzusida ekspert sifatida ishladim. Serikjan Bilash ikki-uch oy muqadda qo‘yib yuborildi, Olma Otada ish kamroq edi va qish ham boshlandi, shuning uchun men yana O‘zbekistonga qaytib Buxoroda yashashga qaror qildim», — dedi Yevgeniy Bunin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga oxirgi tashrifidan keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari u  Buxoroda bir muddat istiqomat qilgan xostelga kelib, u haqda so‘rashgan.

Evgeniy Bunin O‘zbekistonga kirish taqiqlanganligi to‘g‘risida tushuntirish olish uchun Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘lanish niyatida ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!