Uy qurmoqchi va ta’mirlamoqchi bo‘lganlarga ham subsidiya beramiz-Shavkat Mirziyoyev

Uy qurmoqchi va ta’mirlamoqchi bo‘lganlarga ham subsidiya beramiz-Shavkat Mirziyoyev

Subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va ta’mirlash uchun olingan kreditlar uchun ham beriladi. Bu O‘zbekiston tajribasida birinchi marta bo‘lyapti. Kimdir uyini remont qilaman deydi, ikki qavat qilib quraman deydi. Shu vaqtgacha biz ularga ipoteka krediti bermasdik, subsidiya ajratmasdik. Yoki kimdir hovlisining narigi tomoniga yaxshilab uy qurib olaman deydi. Biz ungayam rozimiz. Faqat hammasi loyiha asosida bo‘lishi kerak. Eski uyni buzib, ikki qavatli qilish orqali zamonaviy qiyofaga keltirish istagida bo‘lgan fuqarolarimizga kreditning 10 foizidan yuqori qismi subsidiya beriladi, dedi davlatimiz rahbari bugungi selektorda.

Ehtiyojmand aholi tomonidan kreditni qaytarishda foizning davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xil - 10 foiz etib belgilanadi (hozirda viloyatlarda 10 foiz, Toshkent shahrida 12 foizdan yuqori qismi qoplab berilmoqda).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!