Urushni o‘rganish instituti (ISW): Rossiya armiyasi yaqinda Lisichanskga yetib borishi mumkin

Urushni o‘rganish instituti (ISW): Rossiya armiyasi yaqinda Lisichanskga yetib borishi mumkin

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) 22 iyun natijalariga ko‘ra frontdagi vaziyatning batafsil xulosasini e’lon qildi. Asosiy xulosalardan biri shundaki, rus qo‘shinlari janubdan Lisichansk tomon oldinga siljishda davom etmoqda va yaqin bir necha kun ichida ular shaharga yetib borishlari mumkin, ammo ular butun Lisichansk-Severodonesk hududini tezda egallab ololmaydilar.

"Rossiya qo‘shinlari Shimoliy Dones daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab oldinga siljishga harakat qilmoqda va chorshanba kuni bir oz muvaffaqiyatga erishdi", deya ma’lum qildi ISW. Shu bilan birga, ISW hisobotida aniqlik kiritilishicha, "Rossiya harbiylari Ukrainaning Zolot va Gorskiydagi pozisiyalarini qurshab olishni yakunlash uchun harakatni davom ettirmoqda, ammo hozircha bu shaharlar olinmagan".

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining chorshanba kuni ertalabki xulosasida, Ukraina qo‘shinlari Zolot va Gorskiy hududlarida Rossiya armiyasining hujumini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganligi aytildi. Xususan, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Molodejnoye – Katerinovka yo‘nalishida oldinga siljishga urinishdan so‘ng ruslar chekingan.

ISW hisobotida aytilishicha, rossiyalik harbiylar Baxmut-Lisichansk trassasini nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda, biroq 22 iyun kuni ularning bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyati haqida hech qanday tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.

Bundan tashqari, Rossiya armiyasi Lisichanskga boshqa tomondan yaqinlashish, Ukraina ta’minot liniyalarini uzib, butun hududni o‘z nazoratiga olishga harakat qilish uchun Baxmut hududida hujum amaliyotlarini kuchaytirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!