O‘rindoshlarga mukofot puli berilmaydimi?

O‘rindoshlarga mukofot puli berilmaydimi?

— Tuman tibbiyot birlashmasining Tez tibbiy yordam bo‘limida navbatchi shifokor vazifasida o‘rindosh bo‘lib ishlayman. Yaqinda hammaga mukofot puli berishdi, lekin bizga berishmadi. O‘rindoshlarga mukofot puli berilmaydimi?
Ismi sir tutildi

Dilfuza Dadadjanova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
— Xodimlarning o‘rindoshlik asosida lavozimda ishlashini tartibga soluvchi qoidalar Mehnat kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda keltirilgan.
Ushbu Nizomga asosan o‘rindoshlarga ish haqini to‘lash mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, mehnatga haq to‘lashning haqiqatda bajarilgan ish uchun (ishbay shaklida) va mehnatga haq to‘lashning ishlangan vaqtiga mutanosib (vaqtbay shaklida) amalga oshiriladi. O‘rindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ishlangan vaqtga proporsional ravishda, Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryad tarif koeffisiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past bo‘lishi mumkin emas.
Agar jamoa shartnomada yoxud boshqa mahalliy hujjatlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu qoidadan shunday hulosa kilish mumkin-ki, ish beruvchi o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimga uning ishlagan vaqti yoki bajargan ish xajmiga proporsional ravishda mukofot puli, rag‘batlantirish to‘lovlarini berishi lozim bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!