Urgut tumani markazidagi «Chor chinor» ziyoratgohida bir yuz yigirmadan ziyod bahaybat chinor daraxti yashnab turibdi, deya xabar berdi "zamin.uz".
Ular ming yildan oshiq umr ko‘rgan. Majmua darvozasidan ichkari kirishingiz bilan markaziy yo‘lakning ikki tomonida o‘sgan bahaybat chinorlarga ko‘zingiz tushadi.
Qadimdan o‘zbek xonadonlarida bu daraxtga bahodirlik va pahlavonlik ramzi sifatida qaralgan. Chinor yog‘ochi noyob qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi. Ularni kuzata turib, shoirning: «Magar chinor bo‘lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing», degan misralari ko‘ngildan kechadi.
Ziyoratgohdagi eng katta chinorning yoshi 1300 yildan oshgan. O‘sha chinor kavagiga o‘rnatilgan eshikdan ichkari kirdik. Kavak keng va kattagina ekan. Bu istalgan kishini lol qoldiradi. Ilgari bu yerda ko‘plab tolibi-ilmlar saboq olgan ekan. Rivoyatlarga ko‘ra, arab sarkardalaridan biri Xo‘ja Abu Tolib Urgutdagi buloq atrofiga to‘rt tup chinor daraxti ektiradi. U vafot etgach (866-867 yillar), shu chinorlar yaqiniga dafn etiladi. Xullas, bu joy «Xoja Chor chinor», degan boshqa nom bilan ham ataladi. «Chor chinor» majmuasi ichida 1914 yilda Shayx Muhiddinxon tomonidan barpo etilgan masjid ham bor.
Ziyoratgohda sokinlik, orastalik hukmron. Tog‘ bag‘ridan sizib chiqayotgan hovuz-buloq jimirlab, qaynayotganga o‘xshaydi. Bunga sabab hovuz-buloq o‘rtasidagi ko‘zlardan chiqayotgan suv. Buloq suvi muzday va shirin. Suvda baliqlar emin-erkin suzib yuribdi. Qora, qizil va boshqa tuslilari... Aytishlaricha, baliqlar buloq atrofidan hech qachon uzoq ketmas ekan...
Chindan ham ona tabiatimizning sir-sinoati, borib tomosha qiladigan oshyonlari ko‘p. Ular haqidagi bir-biridan qiziqarli afsona-yu rivoyatlar esa, undanda ko‘p...
Ziyoratgohdan bir olam taassurot bilan qaytdik.
Manba: oila davrasi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.