AQShning Ukrainadagi vositachilikdan voz kechishi ehtimoli baholandi
Siyosatshunos va amerikalik tadqiqotchi Rafael Orduxanyanning fikricha, AQShning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik harakatlari amalda hech qanday natija bermadi.
Uning ta’kidlashicha, Vashington o‘z ittifoqchilari — na Ukraina, na Yevropa davlatlari ustidan to‘liq nazoratga ega emasligi so‘nggi voqealarda yaqqol ko‘rindi.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Vashington faqat real taraqqiyot kuzatilgan taqdirdagina Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni davom ettirishini bildirgan edi. U Oq uy hozircha “bir qator sabablarga ko‘ra” aniq natijaga erisha olmaganini aytdi, ammo bu sabablarga izoh bermadi.
Orduxanyanning fikricha, Rubioning bayonoti mas’uliyatdan qochishga qaratilgan siyosiy qadamdir.
“Amerikaning vositachilik harakatlari hech qanday samara bermadi. Bu AQSh kelishuvga erisha olmayotganini va haqiqiy vositachi sifatida harakat qilmayotganini ko‘rsatadi”, — dedi u.
Siyosatshunosning qo‘shimcha qilishicha, Moskva ham, Vashington ham mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati deyarli qolmaganini tushunib yetgan.
“Hozirgi vaziyat barcha muammolar yaqin vaqtda boshqa usullar bilan hal qilinishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda Amerikaga deyarli ehtiyoj qolmayapti”, — deya ta’kidladi Orduxanyan.
