Urganchda Malayziya universiteti filiali ochiladi

A A A
Urganchda Malayziya universiteti filiali ochiladi

Urganch shahrida Binary xalqaro universitetini tashkil etish bo‘yicha videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Muzokaralarda O‘zbekiston tomondan O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov hamda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Shavkat To‘laganov; Malayziya tomonidan esa Binary menejment va tadbirkorlik universiteti - asoschisi va rektori Jozef Adaykalam ishtirok etdi.

«Kelasi o‘quv yilida yuqorida aytib o‘tilgan ta’lim loyihasini Xorazm viloyatida ishga tushirish uchun diplomatik kanallar orqali hujjatni tezroq imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi», - deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida! 1984 yilda tashkil etilgan Binary xususiy universiteti biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari hamda menejment sohalari bo‘yicha yetakchi universitetlardan biri. Hozirda universitetda 60 ortiq mamlakat fuqarolari, jumladan o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”