Jinoyatchi ayol 2017 yilning 24 noyabri ayni tush chog‘i Urganch tumanidagi yana bir maktab hovlisida paydo bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi G. Baxtiyorovani to‘xtatib, o‘zini onasining dugonasi qilib ko‘rsatadi. So‘ngra «dugonasi»ning iltimosiga ko‘ra, qizalog‘ining quloqlaridagi ziraklarni onasiga eltib berish zarurligini aytadi. Unga ishongan G. Baxtiyorova narxi 1 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini qulog‘idan yechib, notanish ayolning qo‘liga tutqazadi.
12 dekabr kuni bu qilmishlarga chek qo‘yildi. O‘sha kuni viloyat markazidagi 1-sonli maktabga yana kelgan ayol jinoiy qilmish ustida qo‘lga tushdi.
Tergov tadbirlarida Urganch shahri va shu nom bilan ataluvchi tumanning bir qator ilm maskanlarida o‘tgan yil kuz chog‘i ro‘y bergan davomli jinoiy harakatlar Xurshida Boboyeva tomonidan sodir qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir qator tizimli jinoiy xatti-harakatlarni sodir etgan bu ayol ikki nafar farzandning onasi, muqaddam sudlanmagan.
Sud jinoiy qilmish Jinoyat kodeksining o‘g‘irlikka taalluqli 169-moddasi 3-qismi «a» bandida bayon etilgan holatlar bo‘yicha amalga oshirilganiga e’tibor qaratdi. Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilgan holda, ushbu jinoyat uchun tayinlanishi zarur bo‘lgan uzoq yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi ham sezilarli ravishda kamaytirildi.
Jabrlanuvchilarga yetkazilgan bir necha million so‘mlik mulkiy ziyonni qoplash majburiyati ham uning zimmasiga yuklatildi. Ashyoviy dalil deb qaralgan ayrim mol-mulklar, jabrlanuvchilarning muqaddam talon-taroj qilingan kiyim va poyabzallari, bir juft zirak X. Boboyeva tomonidan egalariga qaytarib berilgani inobatga olindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.
Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.
Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.