Urganch aeroporti issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopildi

Urganch aeroporti issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 16 iyuldan boshlab Urganch xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Urganch aeroportiga amalga oshiriladigan reyslar Nukus va Buxoro aeroportiga ko‘chirildi.

Aeroport ishi texnik ishlar yakunlanganidan so‘ng qayta tiklanadi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilardan vaqtincha noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!