Ukrainaning bir qismi suv ostida qolishi mumkin — iqlimshunos

Ukrainaning bir qismi suv ostida qolishi mumkin — iqlimshunos

Ukraina hududlarining bir qismi global isish tufayli suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda iqlimshunos Vera Balabux ma’lum qildi.

Mutaxassisdan dengiz sathining ko‘tarilishi sababli yerning bir qismi suv ostida qolishi haqidagi bashoratlarga izoh berishni so‘rashdi. Gap Filippin, Britaniya orollari va Qrim haqida edi. Balabuxning aytishicha, yarimorolga bunday ssenariy tahdid solmaydi, chunki u "baland", ammo Ukrainaga tahdid mavjud.

"Ukrainada Azov va Qora dengiz sohillarining ayrim qismlarini suv bosishi ehtimoli bor. Masalan, biz Odessa viloyatidagi Izmail va Vilkov hududlarini umuman yo‘qotishimiz mumkin", – dedi iqlimshunos.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Arktika kengliklarida harorat ko‘tarilishi natijasida muzliklarning erishi sabab bo‘lishi mumkin. Va bu, o‘z navbatida, dunyo okeanining sathini ko‘taradi.

"1901 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda dengiz sathi 19 santimetrga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar kelajakda ham davom etadi", deb ogohlantirdi Balabux.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!