Ukrainaning amaldagi rejimi terrorchiga aylanganini isbotladi – Matviyenko

Ukrainaning amaldagi rejimi terrorchiga aylanganini isbotladi – Matviyenko

Ukrainadagi so‘nggi kunlardagi voqealar, nihoyat, Kiyev rejimi mohiyatan terroristik rejimga aylanganiga ishontirdi. Bu haqda RF Federal Majlisi Federasiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.

“Kiyev ochiq genosidga, tinch aholini NATO qurollari bilan ataylab yo‘q qilish taktikasiga o‘tgani ma’lum bo‘lgan so‘nggi kunlar voqealari nihoyat Ukrainaning amaldagi rejimi o‘z mohiyatiga ko‘ra allaqachon terrorchiga aylanganiga ishontirdi”, dedi u jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina Qurolli kuchlari yana Donesk markazini o‘qqa tutdi. Snaryadlar Voroshilovskiy tumanidagi yopiq bozorga tushdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!