Ukrainaga og‘ir qurollar berishni istamagan Germaniya kansleri iste’foga chiqishi mumkin

Ukrainaga og‘ir qurollar berishni istamagan Germaniya kansleri iste’foga chiqishi mumkin

Muxolifat Germaniya kansleri Olaf Sholsning pozisiyasidan foydalanib, Bundestagda Ukrainani qo‘shimcha qurollantirish masalasini ko‘tarish orqali uning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozadi Spiegel.

Maqola mualliflariga ko‘ra, Germaniya XDI (Xristian demokratik ittifoqi) partiyasi rahbari Fridrix Mers kelasi hafta yalpi majlisga Kiyevga og‘ir qurollar yetkazib berish bo‘yicha taklif kiritishi mumkin. Bu Germaniyaning barcha asosiy siyosiy kuchlarining pozisiyalarini aniq qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi kutilmoqda, garchi ilgari XDI va XSI (Xristian sosialistik ittifoq) Sholsning asosiy yo‘nalishi bilan birlashishga va "arzimas narsalarni masxara qilmaslikka" kelishib olishgan.

“Agar XDI va XSI parlament guruhi hozir o‘z taklifini bildirsa, bu avvalgi yo‘nalishdan voz kechishni anglatadi. Ammo vaziyat yana og‘irroq bo‘lishi mumkin, ya’ni bu harakat kanslerni ag‘darish uchun o‘ziga xos signal. O‘z partiyasi safidan Sholsning tanqidini hisobga olsak, taklif hatto Bundestagda ko‘pchilikni tashkil qilishi mumkin - va bu hukumat rahbarining yo‘nalishiga aniq taalluqli masalada ", deyiladi materialda.

Bu holat kansler uchun, birinchi navbatda, Ukrainani og‘ir qurollar bilan ta’minlashni istamasligidan noroziligi tufayli xavfli: qo‘llab-quvvatlanmaslik oxir-oqibat iste’foga chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bir kun avval nemis OAVlari Berlin Ukrainaga eksport qilish mumkin bo‘lgan qurollar ro‘yxatini ikki barobarga qisqartirib, undan og‘ir qurollarni o‘chirib tashlagani haqida xabar bergandi. Bild nashrining yozishicha, o‘zgartirishlar “odatdagidek, kanslerning taklifi bilan” kiritilgan. Bundan tashqari, Germaniya harbiy-sanoat kompleksi avvalroq Kiyevga "qisqa va o‘rta muddatda bekor qilingan ko‘plab qurollarni" yuborishga tayyorligini bildirgandi.

Natijada, dastlab Ukraina tomoni taqdim etgan ro‘yxat 48 sahifadan 24 sahifaga qisqartirildi. Ukraina so‘ragan 15 turdagi qurollardan uchtasi, shu jumladan mumkin bo‘lgan muqobillarni ko‘rsatuvchi pozisiyalar qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!