Ukrainadagi "200-yuk"larni asosan Rossiyaning qashshoq mintaqalari aholisi olib ketishadi

Ukrainadagi "200-yuk"larni asosan Rossiyaning qashshoq mintaqalari aholisi olib ketishadi

Bu haqda Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlar va mintaqaviy OAVlarda qurbonlar haqida ma’lumot to‘playdigan Mediazona nashri xabar bermoqda.

Ommaviy e’lon qilingan 3798 o‘limdan deyarli ming nafari 21–26 yoshli yigitlardir. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq milliy respublikalardan kelgan askarlar halok bo‘lishmoqda. Bu borada Dog‘iston va Buryatiya yetakchilik qiladi.

Askarlarning o‘limi haqidagi xabarlarning aksariyati ish haqi Rossiya Federasiyasidagi o‘rtacha qiymatdan past bo‘lgan kambag‘al mintaqalardan keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!