Ukrainada urush boshlanganidan beri 8,2 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Ukrainada urush boshlanganidan beri 8,2 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissiyasi boshqarmasi Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni haqidagi navbatdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 12 martgacha 8231 kishi halok bo‘lgan, 12734 kishi jarohatlangan.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga bostirib kirganidan keyin 3664 nafar erkak, 2173 nafar ayol hamda 2 yarim ming nafarga yaqin voyaga yetmaganlar halok bo‘lgan.

Jarohat olganlar orasida 271 nafar yosh bolalar bor ekanligi aytilmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholining ko‘pchiligi uzoq masofaga harakatlanuvchi portlovchi qurollardan zarar ko‘rgan. Tashkilot qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Halok bo‘lganlar va yaradorlar haqidagi ma’lumotlarga shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan bir qancha hududlarda to‘liq aniqlik kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!