Ukrainada Rossiya hujumi natijasida AQSh askari halok bo‘ldi

Amerika nashri Ukraina sharqida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq askari o‘limi haqida xabar berdi. Hujjatlarga ko‘ra, deyarli to‘rt yil davomida dezertirlar ro‘yxatida bo‘lgan.
20 yanvar kuni Time gazetasi Ukrainada sobiq Amerika harbiy-dengiz floti askari Deniyel Sviftning vafot etgani haqida xabar berdi. Jurnalning yozishicha, Svift Ukraina pozisiyalarini Rossiya artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutishi chog‘ida yaralangan va 18 yanvar kuni vafot etgan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakilining ma’lumotlariga tayangan nashrning yozishicha, Deniyel Svift 2005 yildan buyon armiyada xizmat qilgan va maxsus kuchlar bo‘linmasida birinchi darajali tezkor xodim bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u terrorizmga qarshi kurash va Iroq hamda Afg‘onistondagi harbiy yurishlardagi ishtiroki uchun medallarga ega bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra, marhum 2019 yil 11 martdan buyon dezertir ro‘yxatiga kiritilgan. Qanday sharoitda u dengiz kuchlari safini o‘zboshimchalik bilan tark etgani aniqlanmagan.